Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dushanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda qurilishni «korruptsiyadan xoli sohaga»ga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni maʻʻlum qildi. Jumladan, mutasaddilarga eskirgan 105 ta qurilish normalarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqish topshirildi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev dushanba kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda qurilishni «korruptsiyadan xoli sohaga»ga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlarni maʻʻlum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Unga koʻra, 1 iyuldan:

qurilishda tuziladigan barcha shartnomalar raqamlashtiriladi;

pudratchi tashkilotlar bajargan qurilish ishlari faqat soliq organiga taqdim etilgan elektron hisob-fakturadan kelib chiqib moliyalashtiriladi;

obʻʻektni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilib, dalolatnomalar «Shaffof qurilish» orqali tasdiqlanadi;

10 milliard soʻmdan ortiq loyihalar boʻyicha subpudratchilarni faqat va faqat «Shaffof qurilish» tizimi orqali tanlash tartibi yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu tartib xalqaro moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarga ham tatbiq etiladi;

ishlab chiqaruvchi ham, quruvchi ham, nazorat qiluvchi ham qaerda qaysi qurilish materiali qancha pul turishini onlayn kuzatib boradigan tizim boʻladi.

Qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi. U:

qiymati 10 milliard soʻmdan yuqori loyihalarni ishlab chiqish jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berishini, qiymati sunʻʻiy oshib ketmaganini loyihachilar bilan birga baholab boradi;

har yili maktab, bogʻcha, tibbiyot, yoʻl, ichimlik suvi va issiqlik taʻʻminoti kabi sohalarning har birida kamida 2−3 tadan namunaviy loyihalar ishlab chiqadi.

Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi boʻlmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi.

Mutasaddilarga eskirgan 105 ta qurilish normalarini ilgʻor xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqish topshirildi.

Bosh prokuraturaga qurilish materiallari sohasida qazib olishdan tortib, tayyor mahsulotni isteʻʻmolchiga etkazishgacha barcha jarayonlarda yashirin iqtisodiyotga chek qoʻyish boʻyicha tizim yaratish vazifasi qoʻyildi.

Byudjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qoʻmitasining «E-ombor» platformasi orqali amalga oshiriladigan tartibni joriy qilish, qurilish materiallari klassifikatori elektron platformasini ishga tushirish yuzasidan ham topshiriqlar berildi.

Davlat rahbari qurilishdagi mavjud sharoitlar loyihachilarni «soyada» ishlashga majbur qilayotgani, loyiha narxini oshirib yuborayotgani, korruptsiya loyihani loyihalash, tender, qurilish va loyihani qabul qilish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni qamrab olganini taʻʻkidladi. Sohada «resurs usuli» oʻrniga «hajm usuli»ni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Mavzuga aloqador