Qosim-Jomart Toqaevning farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Oljas Bektenov mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. Bir kun avval prezident amaldagi hukumat isteʻʻfosini qabul qilib, Roman Sklyarga hukumat rahbari vazifasini vaqtincha bajarishni topshirgandi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Tokaev Oljas Abaevich Bektenovni respublika bosh vaziri etib tayinladi. Bu haqda 6 fevralʻ, seshanba kuni davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Avvalroq Akorda matbuot xizmati Tokaev parlament raisi, «Amanat» partiyasi raisi Erlan Koshanovni qabul qilgani, u partiya nomidan bosh vazir lavozimiga Oljas Bektenov nomzodini taklif etgani haqida xabar bergan edi.

Oljas Bektenov 2023 yil aprelʻ oyidan buyon Qozogʻiston prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Ungacha Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligini boshqargan.

Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Qozogʻiston prezidenti hukumat isteʻʻfosini qabul qilgani xabar qilingandi. Tokaev, shuningdek, Qozogʻiston bosh vaziri vazifasini vaqtincha Roman Vasilevich Sklyarga yuklash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Qozogʻiston hukumati aʻʻzolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha oʻz vazifalarini bajarishda davom etishlari buyurildi.

Mavzuga aloqador