Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasidagi 90 foizdan ortiq bahsli uchastkalar boʻyicha kelishuvga erishdi. Qirgʻiz-Tojik davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi

Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasidagi bahsli uchastkalarning 94 foizi boʻyicha kelishib oldi. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi Qirgʻiziston prezidenti maʻʻmuriyatining axborot siyosati xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat hukumat delegatsiyalarining huquqiy masalalari boʻyicha topografik ishchi guruhlari va ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari avgust oyida Botken shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar bahsli hududlarning qolgan 6 foizini muhokama qiladi.

Qirgʻiz-Tojikiston davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi.

Maʻʻlumot uchun, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi bahsli chegara uchastkalari ikki davlat aholisi va harbiylari oʻrtasida tez-tez toʻqnashuvlarga sabab boʻlgan. Toʻqnashuvlarda koʻp sonli qurbonlar ham berilgan.

Jumladan, Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi 2022 yildagi mojaro Qirgʻiziston va Tojikiston harbiy xizmatchilari oʻrtasidagi 14 sentyabrʻ kuni Samarqandda ShHT sammiti arafasida boshlandi va 19 sentyabrgacha davom etdi. Qirgʻiz-tojik chegarasidagi mojarolar tarixidagi eng yirik va qonli toʻqnashuv hisoblanadi.

Har ikki tomon harbiy harakatlar boshlanishida bir-birini aybladi. Qirgʻiziston hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, mojaro paytida qirgʻiz tomondan 63 kishi halok boʻlgan, 140 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, Tojikiston tomonida 83 kishi halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador