Ilhom Aliev: Turk dunyosining kuchayishi TDTni katta kuch markaziga aylantiradi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev Turk dunyosining kuchayishi Turkiy Davlatlar Tashkilotini katta kuch markaziga aylantirishini taʻʻkidladi. Ozarbayjon rahbari Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasiga aʻʻzo davlatlar parlamentlari raislari bilan uchrashuvda yana nimalar dedi?
Ozarbayjon
prezidenti Ilhom Aliev Turk dunyosining kuchayishi Turkiy Davlatlar Tashkilotini
katta kuch markaziga aylantirishini taʻʻkidladi. Ozarbayjon rahbari Turkiy tilli
davlatlar Parlament Assambleyasiga aʻʻzo davlatlar parlamentlari raislari bilan
uchrashuvdagi boshqa bayonotlari:
▪️ Bugungi
kunda ozod qilingan hududlarda keng yoʻl-transport infratuzilmasi yaratilmoqda va
bu ulkan loyihalarni amalga oshirishda Turkiya kompaniyalari faol ishtirok etmoqda.
▪️ Shushada
qurilgan yangi avtomagistralda 7 ta tunnelʻ, 9 ta viaduk (teshik koʻprik, yoʻl ustidan
oʻtgan koʻprik), koʻplab koʻpriklar qurildi, pudratchilarning aksariyati Turkiyadan
kelgan kompaniyalardir.
▪️ Ozod
qilingan hududlarda turkiy dunyoning birligini yaqqol koʻrmoqdamiz.
▪️ Transport
yoʻllari, energiya resurslari, inson kapitali, aholi sonining koʻpayishi, ijobiy
demografik vaziyat – bu ulkan salohiyat. Bizning vazifamiz bu salohiyatni jahon
miqyosida buyuk kuchga aylantirishdan iborat.
▪️ Turkiy
davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti iyunʻ oyida Shusha shahrida boʻlib oʻtadi.
▪️ Ozarbayjon
va Vengriya strategik sheriklardir, tegishli hujjatlar imzolangan.
▪️ Qirgʻiziston
bilan munosabatlarimiz qardoshlik asosida qurilgan.
▪️ Qirgʻiziston
prezidenti oʻz tashabbusi bilan Agdam tumanida maktab qurilishini
qoʻllab-quvvatladi va oʻtgan oy birgalikda uning poydevorini qoʻygan edik.
Bularning barchasi birodarlikning namoyonidir.