Prezident Turkiya TIV, IIV va MİT rahbarlarini qabul qildi
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 12 sentyabrʻ kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya va Milliy razvedka xizmati direktori Ibrohim Qalindan iborat delegatsiyani qabul qildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Uchrashuv
avvalida mehmonlar Oʻzbekiston rahbariga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib
Erdogʻanning salomini etkazdi.
Muhokama
davomida Shavkat Mirziyoevning 6−7 iyunʻ kunlari Turkiyaga qilgan rasmiy tashrifi
chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston-Turkiya keng
qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va koʻp qirrali
hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Tomonlar
ikki davlat vazirlari va idoralari rahbarlari oʻtkazgan qoʻshma uchrashuv natijalari
yuqori baholadi. Qabul qilingan «yoʻl xaritasi»ga muvofiq muntazam va tizimli
aloqalarni davom ettirish, bunday muzokaralar formati va kun tartibini
kengaytirish muhimligi taʻʻkidlandi.
Uchrashuvda
siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik
loyihalarini ilgari surish masalalari muhokama etildi. Xavfsizlikka zamonaviy
tahdid va xatarlarga qarshi kurashish boʻyicha idoralararo hamkorlikni kuchaytirish va
qoʻshma tadbirlar oʻtkazishga alohida eʻʻtibor qaratildi.
Shuningdek,
mintaqaviy hamkorlik va xalqaro tashkilotlar doirasidagi sheriklikning dolzarb
jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
Turkiya
Milliy razvedka tashkiloti rahbarlari avvalroq Oʻzbekiston DXX bilan terrorizm va
ekstremizm, noqonuniy migratsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha
hamkorlikni muhokama qildi.