Ozarbayjon Rossiyaga norozilik notasi yubordi
Ozarbayjon Chechenistonda uch nafar
fuqarosining hibsga olinishi munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga
norozilik notasi yubordi. APA axborot agentligining diplomatik manbalari Nixad Rzaev, Elxan Shirinov va Vugar Magerramovlar
hibsga olingani haqida xabar
bermoqda.
Notada mahbuslarni Ukraina hududidagi
urush zonasiga majburan oʻtkazish ehtimolidan xavotir bildirilgan. Ozarbayjon
tomoni Rossiya Tashqi ishlar vazirligidan vaziyatni tushunishini va oʻz fuqarolari
huquqlarini himoya qilish choralarini koʻrishni talab qilmoqda.
OAV xabarlariga koʻra, Ukrainada harbiy
kampaniya boshlanganidan beri Rossiya jangovar harakatlarda qatnashish uchun
migrantlarni faol ravishda jalb qilmoqda. Ular orasida nafaqat Markaziy Osiyodan,
balki boshqa davlatlar, jumladan, Hindiston, Kuba, Shri-Lanka fuqarolari ham bor.
Muhojirlarga shartnoma imzolash evaziga fuqarolik
vaʻʻda qilinadi, Rossiya pasportini olganlar esa koʻpincha fuqarolikni bekor qilish
tahdidi ostida safarbarlikka majburlanmoqda.
RF Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr
Bastrikin iyunʻ oxirida Rossiya fuqaroligini olgan 10 ming muhojir urushga joʻnatilganini maʻʻlum qilgandi.