Qirgʻiziston Qozogʻiston ortidan Tolibonni terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan chiqardi. Mintaqadagi koʻplab davlatlar Kobul bilan keng koʻlamli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻydi, qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi. Bu davlatlarning Tolibon bilan munosabatlarni yaxshilashga intilishining sababi nimada?

Afgʻoniston bilan hamkorlik qilishga intilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari soni ortib bormoqda

2021 yil avgust oyining eng muhim yangiliklaridan biri – Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishi va hukumatning Tolibon qoʻliga oʻtishi boʻldi. Oʻsha vaqtda mazkur harakat dunyoning qariyb barcha mamlakatlarida terrorchi sifatida tan olingan edi. Markaziy Osiyo davlatlari xavfli vaziyatga tushib qoldi. Buni 1996 yilda Tolibon Kobulni egallab, Afgʻoniston Islom Amirligiga asos solganida sodir boʻlgan voqea bilan solishtirish mumkin.

Oradan 3 yil oʻtib, ikki davlat – Qozogʻiston va Qirgʻiziston harakatni terrorchi guruhlar roʻyxatidan chiqarib tashladi. Oʻzbekiston Kobulga tez-tez delegatsiyalar yubormoqda, Turkmaniston ham hamkorlikni kuchaytirmoqda. Tolibon vakillari ham mintaqa mamlakatlariga bemalol tashrif buyurmoqda, Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy forumda qatnashdi, Rossiya rahbari Vladimir Putin esa ularni hatto terrorizmga qarshi kurashda "ittifoqchilar" deb atadi.

Afgʻonistonda haligacha inson huquqlari bilan bogʻliq muammolar koʻp. Mamlakatda ommaviy qatl qilish amaliyoti davom etmoqda, ayollarning jamoat joylarida gapirishlari taqiqlandi. Biroq xalqaro maydonda Tolibon oʻzini muzokara olib borishi mumkin boʻlgan diplomatik hukumat sifatida koʻrsatishga harakat qilmoqda.

"Ular hech kimga hujum qilmoqchi emasliklarini eʻʻlon qilishdi – bu juda muhim bayonot. Hatto Amerika rasmiylarining Kobuldan olib ketilgan harbiy texnikalarni Oʻzbekistonga topshirish qaroriga javoban, Tolibon uni kuch bilan qaytarib olish bilan tahdid qilmadi, faqat norozilik bildirdi. Bu mintaqa davlatlari uchun ham taranglikni biroz yumshatdi”, - deydi Oy-Ordo Markaziy iqtisodiy tadqiqot institutining xalqaro aloqalar boʻyicha eksperti Bayqadam Kuramaev TRT rus xizmatiga.

Markaziy Osiyo davlatlari Afgʻonistonda yuzaga kelgan voqelikni koʻrmoqda va ularga moslashishga tayyor, deb tushuntiradi sharqshunos Andrey Ontikov. Qolaversa, IShIDga qarshi urush eʻʻlon qilgan va amalda kurashayotgan Tolibon bilan hamkorlik ularning manfaatlariga toʻla mos keladi.

“Mintaqa davlatlari oʻz vaqtida Suriya va Iroqda kuchayib, katta hududni nazorat qilgan IShIDga jangarilar etkazib beruvchi asosiy “eksportchilardan” boʻlgani hech kimga sir emas. Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator aholisi uchun IShID mafkurasining jozibadorligini hisobga olib, ushbu davlatlar rahbariyati mazkur muammoni nafaqat oʻz ichida, balki tashqi chegaralarda ham toʻxtatishdan manfaatdor”, — deya tushuntiradi Ontikov.

Mutaxassisning fikricha, bu janglarda ashaddiy terrorchilarning oʻz vatanlariga qaytish va keyinchalik vaziyatni beqarorlashtirish ehtimolini minimallashtiradi.

Oʻtgan yili Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Serik Jumangarin Afgʻoniston mamlakat uchun ustuvor un bozori boʻlib, mahsulot eksporti umumiy hajmining 70 foizini tashkil etishini taʻʻkidladi. Qolaversa, Markaziy Osiyoning barcha davlatlaridan Kobul Ostona bilan eng koʻp savdo qiladi. Oʻtgan yili mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1 milliard dollarga etdi.

Qirgʻiziston hukumati Qozogʻistondan oʻrnak oldi. 7 sentyabrʻ kuni Bishkek Tolibonni taqiqlangan guruhlar roʻyxatidan olib tashlagani maʻʻlum boʻldi. Shu bilan birga, mamlakat TIV “xalqaro hamjamiyatning Afgʻonistonda hamda butun mintaqada barqaror va tinch muhitni taʻʻminlashga qaratilgan saʻʻy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashga” sodiqligini taʻʻkidladi. Afgʻoniston diplomatik departamenti ham qaror uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Terrorchi"dan "savdo hamkori"ga

Qozogʻiston hukumati birinchi boʻlib Tolibonni terrorchilar roʻyxatidan chiqarishga qaror qildi. Bu joriy yilning iyunʻ oyida sodir boʻldi. Mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Tokaev buni savdo-iqtisodiy hamkorlikni hisobga olish va “bu rejim uzoq muddatli omil” degan tushuncha bilan izohladi.

Afgʻoniston hukumatining eng katta yutugʻi koʻknori etishtirishni 95 foizga qisqartirganidir, deydi xalqaro aloqalar boʻyicha ekspert Bayqadam Kuramaev. "Oʻnlab, balki yuzlab millionlab odamlar bu halokatli moddalarni olmaydigan boʻldi. Va buning uchun biz Tolibon boshchiligidagi hukumatni hurmat qilishimiz kerak.

Iqtisodiy imkoniyatlarga kelsak, ekspertning fikricha, Bishkek va Kobul qishloq mahsulotlarini etkazib berish boʻyicha yuqori salohiyatga ega: “Shuningdek, CASA-1000 loyihasini ham eslatib oʻtaman, bu loyiha doirasida Qirgʻiziston va Tojikiston gidroenergetika manbalari hisoblanadi. Mintaqadagi ortiqcha elektr quvvatini Afgʻoniston va Pokistonga etkazib bera oladi. Mamlakatdagi siyosiy barqarorlik bu loyihalarni qayta tiklash va faollashtirish imkonini beradi”.

Loyihaning poydevori 2016 yil may oyida qoʻyilgandi. Biroq Tolibon hokimiyatga kelganidan keyin qurilish muzlatilgan. Joriy yil bahorida loyihani qayta tiklashga qaror qilindi. Uning qiymati 1,2 milliard dollarga baholangan.

Yana bir muhim loyiha Transafgʻon temir yoʻli qurilishi bilan bogʻliq. Taxminlarga koʻra, yoʻnalish Oʻzbekistonning Termiz, Afgʻonistonning Mozori Sharif va Logar shaharlari orqali Pokistonning Kurram viloyatidagi Xarlachi chegara punktigacha boʻladi. Temir yoʻl yuklarni etkazib berish muddatini 35 kundan 5 kunga qisqartiradi, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlariga Hind okeaniga chiqish imkonini beradi. Rossiya uchun koridor Eron va Pokiston portlariga chiqish imkoniyatiga ega qoʻshimcha yoʻlga aylanadi.

Ikki yomonlikdan

Tolibon Afgʻonistonda hokimiyatni 2021 yilda qoʻlga kiritdi. Afgʻoniston 40 million aholiga ega davlat. Hatto shimoliy qoʻshnisi Oʻzbekistonda ham aholi soni 5 millionga kam (maʻʻlumot eskirgan, 2024 yil maʻʻlumotlariga koʻra, mos ravishda 44,2 va 37 mln – Azon Global). Kobul bilan munosabatlarni oʻrnatishda esa bu omilni hisobga olish kerak, deydi siyosatshunos Chingiz Lepsibaev.

“Bu katta davlat va uning aholisi oziqlanishi kerak. Agar bu ehtiyoj qondirilmasa, aholi tabiiy ravishda oziq-ovqat qidirishni boshlaydi. Va bir nechta variant bor: ittifoqchi Pokistonga borishingiz yoki Xitoyga qarab harakat qilishingiz mumkin, ammo u erda togʻlar va urush uchun yoqimsiz joylar bor yoki bu Tojikiston. Shuning uchun, masalan, Dushanbe har qanday mojarodan qochish uchun tabiiyki, Tolibon bilan murosa qilishga intiladi”, - deya qayd etadi ekspert.

Bu mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham tegishli. Davlatlar Kobul ularni dushman sifatida koʻradigan vaziyatdan qochishga harakat qilmoqda, chunki oʻzaro hamkorlik qilishning faqat ikkita varianti bor: yo ular bilan savdo qilishdan bosh tortish va aholini ochlikdan oʻldirish yoki katta resurslarni talab qiladigan urush boshlash. “Shuning uchun Markaziy Osiyo davlatlari imkoni boricha Afgʻoniston bilan doʻst boʻlib, u bilan ziddiyatga tushmaslikka harakat qiladi. Boshqa tomondan, ular imkon qadar bu vaziyatni oʻz manfaatlariga xizmat qildirishga intiladi”.

Biroq, ekspertning fikricha, bu tinchlik ham beqaror boʻlib chiqishi mumkin. Tolibon Amudaryodan suv oladigan Qushtepa kanalini jadallik bilan qazishda davom etmoqda. Quyi oqimdagi Oʻzbekiston va Turkmaniston choʻllanish xavfi ostida. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari Tolibonning rejalaridan chuqur xavotir bildirmoqda. Kobul bilan kelishuvga erishishga boʻlgan urinishlari natijaga olib kelayotganicha yoʻq.

Tolibonning terrorchi tashkilotlar roʻyxatidan oʻchirilishi - faqat siyosiy qaror. Davlat jinoyatchi deb hisoblanadigan odamlar bilan savdo qilmasligi haqidagi paradoksning oldini olish uchun. Mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda mintaqadagi boshqa davlatlar ham bu namunaga amal qilishi mumkin. Bu masala Rossiyada ham oʻrganilmoqda.

Tolibon boshchiligidagi Kobul dastlab yakkalanib qolmagan, deydi Ontikov: “Vaziyat bemaʻʻnidek tuyulishi mumkin, ammo bu paradoksni tuzatish uchun qoʻshimcha vaqt kerak boʻlishi mumkin. Albatta, afgʻon rasmiylarining oʻzlari Afgʻonistondan tashqarida ham, uning ichida ham terrorchilik usullarini oʻz faoliyatidan istisno qilgan boʻlsalar.

Manba: TRT rus xizmati.

Mavzuga aloqador