15 avgust kuni taxminan soat 18:10 da Armaniston Qurolli kuchlari boʻlinmalari Ozarbayjonning Naxchivon Muxtor Respublikasining Ordubad tumani Xanza aholi punkti yoʻnalishida joylashgan Ozarbayjon qoʻshinlarining pozitsiyalariga qarata oʻq uzdi. Bu haqda “Anadolu” Ozarbayjon Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasining boʻlinmalari ushbu yoʻnalishda tegishli javob choralarini koʻrganini maʻʻlum qildi.

Oʻz navbatida, Armaniston Mudofaa vazirligi chegara zonasining gʻarbiy qismida joylashgan Ozarbayjon pozitsiyalari yoʻnalishida oʻt ochilganini rad etdi.

“Eslatib oʻtamizki, Armaniston Respublikasi bosh vaziri devoni diplomatik kanallar orqali Ozarbayjon prezidenti devoniga oʻt ochishni toʻxtatish rejimini buzish holatlarini tekshirish boʻyicha ikki tomonlama mexanizm yaratish taklifi bilan chiqdi”, - deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi bayonotida.

Mavzuga aloqador