Amerikada mamlakat prezidentligiga nomzod Donalʻd Trampga uyushtirilgan hujum vaqtida halok boʻlgan 50 yoshli oʻt oʻchiruvchi Kori Komperatorga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Avvalroq otishma qurboni haqidagi maʻʻlumotni Pensilʻvaniya gubernatori Josh Shapiro ham tasdiqlagandi.

“Kori yaxshi ota, professional oʻt oʻchiruvchi edi. U har yakshanba cherkovga borardi. Kori nafaqat oilasini, balki oʻz jamoasini ham yaxshi koʻrardi”, – degan gubernator marhumni xotirlab.

Ayniqsa Korining blogerlar va jurnalistlar eʻʻtiborini tortgan posti internetda tarqalib, 35 mlndan ortiq oʻqildi. Postda erkak sionistlarning bombardimonlaridan jabr koʻrayotgan falastinliklarni Ikkinchi jahon urushi davrida AQShning yadroviy hujumidan jabrlangan yaponlar bilan solishtirgan.

Unda Kori amerikalik teleboshlovchi Pirs Morganning urush tugaganidan soʻng falastinliklar qaerda yashashi haqidagi savoliga javoban:

“Buni ularning oʻzlari hal qilishadi, xuddi yaponlar kabi", – deb yozgan.

Bu soʻzlari bilan Kori Ikkinchi jahon urushi paytida Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga tashlangan va yuz minglab tinch aholining hayotiga zomin boʻlgan atom bombalariga ishora qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Pensilʻvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti vaqtida AQShning sobiq prezidenti Donalʻd Trampga oʻq uzilgandi. Hodisa vaqtida bir kishi halok boʻlib, ikki kishi yaralangan edi. Xavfsizlik kuchlari hujumchini otib tashlagan.

Mavzuga aloqador