Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Semyon Grigorʻevga Tojikiston fuqarolarining Rossiyadagi huquqlari poymol etilishiga qarshi norozilik notasini topshirdi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Dushanbedagi elchisi Semyon Grigorʻevga Tojikiston fuqarolarining RFdagi huquqlari poymol etilishiga qarshi norozilik notasini topshirdi. Bu haqda Tojikiston TIV xabarida aytiladi.

Rossiyalik diplomatga RF hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan “qatʻʻiy salbiy munosabat”ning ommaviy namoyon boʻlishi, shuningdek, ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda buzilishi holatlaridan jiddiy xavotir bildirilgan.

“Notada taʻʻkidlanishicha, bunday harakat faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi, bu tojik-Rossiya munosabatlari ruhi va anʻʻanalariga tubdan mos kelmaydi”, — deya taʻʻkidladi Tojikiston TIV.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi vaqtlarda Rossiya chegaralari va aeroportlarida minglab Tojikiston fuqarolarining mamlakatga kirishiga cheklovlar oʻrnatilmoqda. Ular orasida Rossiya hukumati hisobiga tahsil olayotgan tojikistonlik talabalar ham bor.

Mavzuga aloqador