Rossiyada mahbuslarning ommaviy afv etilishi ortidan oʻta ogʻir jinoyatlar soni rekord darajada oʻsdi
Rossiyada uzoq muddatlarga qamalga mahbuslar Ukraina frontida 6 oy muddat xizmat qilish sharti bilan ozod qilinishi ortidan mamlakatda ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar soni keskin ortdi. 2024 yilning dastlabki 8 oyida 403 537 ta ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etildi. Bu – oxirgi 13 yil ichidagi rekord koʻrsatkichdir.
Rossiyada
2024 yilning dastlabki 8 oyi davomida 13 yil ichida rekord darajadagi ogʻir va
oʻta ogʻir jinoyatlar qayd etilgan, deb yozadi «Vyostka» nashri Ichki ishlar vazirligi
maʻʻlumotlariga tayanib.
2024
yilning yanvarʻ-avgust oylarida mamlakatda 403 537 ta ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar
sodir etilgan. Bunday koʻrsatkich oxirgi marta 2011 yilning sakkiz oyida qayd
etilgan edi. Oʻshanda Rossiyada 426 ming shunday jinoyat qayd etilgan. Shundan keyin
ularning soni har yil sakkiz oy ichida 400 mingdan oshmagan.
Ogʻir va
oʻta ogʻir jinoyatlar Rossiyaning janubiy va gʻarbiy hududlarida, shuningdek, Moskva
viloyatida ayniqsa ortgan. Ushbu mintaqalarda 16,4 mingta shunday jinoyat sodir
etilgan boʻlsa, 2021 yilning yanvarʻ-avgust oylarida ularning soni 14,7 mingtani
tashkil etgan.
Ukraina
bilan chegaradosh Bryansk viloyatida 2024 yilning yanvaridan avgustigacha 2731 ta
ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etilgan. Adigeyada 2024 yilning sakkiz oyida 1041
ta jinoyat qayd etilgan, vaholanki soʻnggi 15 yil ichida bu toifadagi jinoyatlar
soni hech qachon mingtaga etmagan.
2024 yil
yanvarʻ-avgust oylarida Krasnodar oʻlkasida 15 yil ichida rekord darajadagi ogʻir
va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir boʻldi, Rostov viloyatida esa 14 yildagi rekord - 14
932 ta jinoyat qayd etilgan.
2022
yilning kuzida Rossiya hukumati Ukraina jabhasida harbiylar taqchilligi sharoitida
qamoqxonalardagi uzoq muddatlarga qamalgan xavfli jinoyatchilarni yollashni
boshladi. Urushda qatnashish uchun shartnoma imzolagan mahbuslar afv etilgan va ozod
qilingan.
BBC va
Mediazona maʻʻlumotlariga koʻra, birgina “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi
tarkibida Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun 31 mingdan ortiq mahbus ozod
etilgan. Biroq bu statistik maʻʻlumotlarga boshqa boʻlinmalarda jang qilgan sobiq
mahbuslar soni kiritilmagan.
Yanvarʻ
oyi oxiriga kelibgina Ukrainada 6 oy urushgan mahbuslarni ozod qilish sharti bekor
qilinib, oʻrniga "shartli ozodlik" belgilandi va maxsus harbiy operatsiya
tugaguniga qadar xizmat qilish majburiyati joriy etildi.
Davlat
Dumasi avvalroq Rossiyada sobiq mahbuslar frontdan qaytganidan keyin jinoiy
faollik kuchayishi haqida ogohlantirgan edi. Bosh prokuror Igor Krasnov, oʻz
navbatida, urushning birinchi yilida oʻta ogʻir jinoyatlar soni 9,4 foizga oʻsib,
qariyb 125 ming holatga etganini maʻʻlum qildi. 2023 yilda ularning soni 142
mingdan oshdi, vaholanki 133 mingta boʻlishi kutilayotgandi.
Ichki
ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, joriy yilning dastlabki besh oyida uyushgan
jinoiy guruhlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni urushdan oldingi 2021
yilning shu davriga nisbatan 76 foizga oshgan va 16,9 mingta holatni tashkil
etgan.