Pokistonning Balujiston viloyatida 8 fevralʻ, payshanba kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan parlament saylovlari arafasida nomzodlar kabinetlari oldida teraktlar uyushtirildi. Eng kamida 28 kishi halok boʻldi, 47 kishi jarohatlandi.

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir boʻlgan portlashlar natijasida 28 kishi halok boʻldi, yana 47 kishi yaralandi. Portlashlar 8 fevralʻ, payshanba kuniga belgilangan parlament saylovlariga nomzodlar kabinetlari oldida uyushtirildi.

Geo News telekanali maʻʻlumotlariga koʻra, birinchi portlash mustaqil nomzod Asfand Xon Kakarning idorasi yaqinida sodir boʻlgan. Hujum oqibatida 15 kishi halok boʻldi, 30 dan ortiq kishi yaralandi. Jabrlanganlarning aksariyati ogʻir ahvolda. Rasmiylar qurbonlar soni ortishidan xavotirda.

Ikkinchi terakt qurbonlari 13 kishini tashkil etmoqda, 17 kishi yaralangan. Portlovchi qurilma Jamiat Ulamoi Islam (Islom ulamolari jamiyati) partiyasi binosi yaqinida ishga tushirilgan.

Mavzuga aloqador