"Inter Mayami"da oʻynayotgan Lionel Messi Saudiyaning Sayar kiyim-kechak brendi reklamasida rolʻ oʻynadi. Shu maqsadda futbolchi arab milliy libosida kiyindi, deb xabar beradi Arab News.

Messi arab madaniyatini targʻib qilishda birinchi marta ishtirok etayotgani yoʻq. Oʻtgan yilning may oyida Saudiya Arabistoni turizm boshqarmasi bilan kelishuvga koʻra, Messi mamlakat boʻylab sayohatlar uchun reklama kampaniyasining bosh qahramoniga aylangandi.

Afsonaviy futbolchining maqsadi Evropa, Hindiston va Xitoyda mavjud boʻlgan Saudiya Arabistoni Qirolligi atrofidagi notoʻgʻri qarashlarni yoʻq qilish edi. U oilasi bilan Diriya tumanidagi 300 yillik tarixga ega At-Turayf qalʻʻasiga bordi va anʻʻanaviy arab taomlaridan tanovul qildi. Shundan soʻng mashhur futbolchi Ot muzeyiga tashrif buyurib, arab otiga minib, qoʻlida lochin bilan kameralarga suratga tushdi.

Mavzuga aloqador