Latviyada Belarus hududi orqali kirgan Rossiya uchuvchisiz uchogʻi halokatga uchradi. Latviya Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududi buzilishi tasodifiy boʻlganini maʻʻlum qildi. Shundan boʻlishiga qaramasdan, bu haqda NATOga aʻʻzo davlatlar xabardor qilingan va rus elchisi TIVga chaqirilgan.

Rossiyaning uchuvchisiz uchogʻi Belarus orqali Latviya havo hududiga kirib, Rezekne viloyatida halokatga uchradi. Bu haqda Latviya Mudofaa vazirligi xabar berdi. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, Latviya havo hududining buzilishi tasodifiy boʻlgan.

Hodisa yuzasidan turli davlat idoralari, jumladan politsiya tergov olib bormoqda. Latviya qurolli kuchlari NATOga aʻʻzo davlatlarni voqea haqida xabardor qildi.

Uchuvchichiz uchoqning mamlakat hududiga kirib kelishi Latviya qurolli kuchlari tomonidan qayd etilgan, uning harakati kuzatilgan va halokat joyi aniqlangan.

Latviya mudofaa kuchlari qoʻmondoni Leonid Kalninsning LETAga maʻʻlum qilishicha, dron shanba kuni ertalab erta tongda Latviya havo hududiga kirgan va tez orada harbiylar tomonidan aniqlangan.

"Biz xavf darajasini aniqlash va har qanday aktivlar yoki tinch aholi xavf ostida ekanligini tushunish uchun vaziyatni baholadik va kuzatdik", - dedi Kalnins.

Latviya mudofaa vaziri Andris Sprudsning aytishicha, hodisa “Latviyaning sharqiy chegarasini yanada mustahkamlash, shuningdek, havo mudofaasi va elektron urush tizimlarini yaxshilash zarurligini tasdiqlaydi”.

Latviya tashqi ishlar vaziri Bayba Brazening aytishicha, TIV dushanba kuni Rossiya elchixonasi vakilini chaqirgan.

Mavzuga aloqador