Frantsiyalik siyosatshunos va Milliy ilmiy tadqiqot markazining (CNRS) sobiq tadqiqotchisi, Isroilning Falastinni bosib olishini tanqid qilgan Fransua Burgat seshanba kuni “terrorchilik tashviqoti”da ayblanib, hibsga olindi.
Qayd etilishicha, hodisa Frantsiyadagi universitet professorining xorijiy mojaro yuzasidan oʻz fikrini bildirgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi holati birinchi marta sodir boʻlgan.
Eks-an-Provans prokurori Jan-Lyuk Blanshon siyosatshunosning seshanba kuni hibsga olingani hamda ertasi kuni ertalab qoʻyib yuborilganini tasdiqladi. 
Sobiq CNRS tadqiqotchisi OJE (Evropa yahudiy tashkiloti) tomonidan siyosatshunos Falastinning HAMAS harakati xabarlarini qayta chop etgani va munosabatini bildirgani, shuningdek, Fransua Burgatning bir qator boshqa bayonotlari ustidan shikoyat berganidan soʻng hibsga olindi.
Akademik 2024 yil 2 yanvarʻ kuni X ijtimoiy tarmogʻida (sobiq Twitter) New York Times gazetasining “zoʻrlash va zoʻravonlik ayblovlari” haqidagi maqolasiga javoban post tarqatganlikda ayblanmoqda. Ayblovlarni "sionistlarning Falastin qarshiliklarini shayton sifatida koʻrsatishga urinishining bir qismi" deb hisoblagan bayonotda Amerika gazetasidan "kasbiy xatosi uchun uzr soʻrashi" talab qilingan.
"Isroil davlati rahbarlaridan koʻra, HAMAS etakchilarini cheksiz hurmat qilaman. Oʻylaymanki, men yagona emasman, aksincha”, — deb yozadi frantsuz siyosatshunosi boshqa postida. 
Revolution Permane te soʻl qanot internet nashri oʻtgan yilning oktyabrʻ oyidan beri Falastinning ozod qilinishi tarafdorlariga qarshi bosimlar kuchayganini qayd etadi. Nashrning bildirishicha, namoyishlar, mitinglar oʻtkazishni taqiqlash va ularni tarqatib yuborish bilan tahdid qilishdan tashqari, hukumat “terrorchilik tashviqoti” ayblovini oʻzining repressiv mashinasida asosiy vositaga aylantirgan.

Mavzuga aloqador