HAMAS bilan urush boshlanganiga qariyb 11 oy boʻldi. Isroil rahbarlari Gʻazo sektoriga hujumni shiddatli tarzda davom ettirayotganiga qaramasdan, urushning oxiri koʻrinmaydi, aksincha, yanada kengroq toʻqnashuvlarga aylanish alomatlari koʻrinyapti, mamlakat iqtisodiyoti esa zoʻriqmoqda. Urush boshlanganidan beri 46 mingga yaqin korxona yopildi, ularning 75 foizi kichik biznes vakillari.

Quddusning Eski shahar qismidagi qariyb barcha esdalik sovgʻalari doʻkonlari yopilgan. Hayfa eski-tuskilar bozoridagi yakkam-dukkam sotuvchilar kimsasiz koʻchalarda oʻz buyumlarini artib-surtib qoʻyadi. Aviakompaniyalar parvozlarni bekor qilmoqda, korxonalar bankrotlik yoqasida, hashamatli mehmonxonalarning yarmidan koʻpi boʻm-boʻsh.

HAMAS bilan urush boshlanganiga qariyb 11 oy boʻldi. Isroil rahbarlari Gʻazo sektoriga hujumni shiddatli tarzda davom ettirayotganiga qaramasdan, urushning oxiri koʻrinmaydi, aksincha, yanada kengroq toʻqnashuvlarga aylanish alomatlari koʻrinyapti, mamlakat iqtisodiyoti esa zoʻriqmoqda.

Isroilning CofaceBDI biznes-axborot kompaniyasi maʻʻlumotlariga koʻra, urush boshlanganidan beri 46 mingga yaqin korxona yopilgan, ularning 75 foizi kichik biznesdir.

Isroil bosh vazirlari va hukumat vazirliklariga maslahat berishda koʻp yillik tajribaga ega isroillik iqtisodchi Jeykob Sheynining aytishicha, urushning umumiy qiymati 120 milliard dollar yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 20 foizini tashkil qilishi mumkin.

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti esa Isroil tashkilotga aʻʻzo boʻlgan 38 ta davlat ichida iqtisodiyoti apreldan iyungacha eng katta sekinlashuvga uchragan mamlakat boʻlganini maʻʻlum qildi. Isroil YaIM 2024 yilda 3 foizga oʻsishi prognoz qilingan edi. Isroil banki esa hozirda oʻsish surʻʻatini 1,5 foizga prognoz qilmoqda – shunda ham urush bu yil yakunlansa.

Gʻaznachilik departamenti bu oyda yana bir xavotirli belgi sifatida mamlakat defitsitining soʻnggi 12 oy ichida YaIMning 8 foizdan koʻprogʻiga koʻtarilganini, bu 2024 yil uchun defitsitning YaIMga nisbati 6,6 foiz boʻlishi haqidagi prognozidan ancha yuqori ekanligini aytdi. 2023 yilda Isroil byudjeti taqchilligi YaIMning taxminan 4 foizini tashkil etdi.

Bosh vazir Benʻyamin Netanyaxu iqtisodiy zarar faqat vaqtinchalik ekanini aytib, xavotirlarni bartaraf etishga urinmoqda. Ammo Isroil va HAMAS oʻrtasidagi eng qonli va eng halokatli urush minglab kichik biznesni ishdan chiqardi, bir vaqtlar tadbirkorlik kuchi sifatida koʻrilgan iqtisodiyotga xalqaro ishonchni susaytirdi. Baʻʻzi etakchi iqtisodchilarning aytishicha, sulh –zararni toʻxtatishning eng yaxshi yoʻli.

"Iqtisodiyot hozirda ulkan noaniqlik holatida va bu xavfsizlik sohasidagi vaziyat - urush qancha davom etishi, uning intensivligi va yanada kuchayishi mumkinmi degan savol bilan bogʻliq", dedi Isroil markaziy bankining sobiq rahbari, hozirda Quddusdagi tadqiqot markazi Isroil Demokratiya institutida tadqiqot boʻyicha vitse-prezident Karnit Flug.

Gʻazodagi janglar va Livandagi Hizbulloh jangarilarining kundalik hujumlari ham Isroilning shimoliy va janubiy chegaralari boʻylab oʻn minglab odamlarni uylarini tashlab ketishga majbur qildi va keng koʻlamli zarar etkazdi.

Isroil iqtisodiyoti avval ham turli zarbalardan, jumladan, HAMAS bilan qisqa urushdan zarar koʻrgan. Ammo uzoq davom etgan bu mojaro katta keskinlikni keltirib chiqardi, jumladan, rekonstruktsiya xarajatlari, qurbonlar va zaxiradagilarning oilalariga tovon puli va katta harbiy xarajatlar.

Eron va uning Livandagi vakili Hizbulloh bilan janglarning choʻzilgan tabiati va yanada avj olish xavfi turizmga ayniqsa kuchli taʻʻsir koʻrsatmoqda. Turizm iqtisodiyotning asosiy lokomotivi boʻlmasa-da, minglab ishchilar va kichik korxonalarga zarar etkazdi.

Bir paytlar gavjum boʻlgan Hayfa porti, Isroilning yirik import-eksport markazi, u erda yirik konteyner kemalari tez-tez toʻxtab turadi, yaqinda ish kuni tinch edi.

Yamandagi husiylar guruhi Misrning Suvaysh kanali orqali oʻtadigan yuk tashish bilan tahdid qilayotgan bir paytda, koʻplab uzoq masofaga yoʻl olgan kemalar Isroil portlaridan markaz sifatida foydalanishni toʻxtatdi, dedi port mulozimi.

Uning soʻzlariga koʻra, Isroil portlari 2023 yilning shu davriga nisbatan yilning birinchi yarmida yuk tashish hajmi 16 foizga kamaygan.

S&P va Moody's ortidan Fitch ham Isroil reytingini A+ dan A ga tushirdi. Reytingni pasaytirish davlatdan qarz olish xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin.

"Bizning fikrimizcha, Gʻazodagi mojaro 2025 yilgacha davom etishi mumkin", deb ogohlantirdi Fitch oʻzining reyting eslatmasida. Shuningdek, agentlik "katta qoʻshimcha harbiy xarajatlar, infratuzilmani vayron qilish va iqtisodiy faoliyat va investitsiyalarga koʻproq zarar etkazish" ehtimolini keltirib oʻtdi.

Reytingning pasayishi va kamomad Isroil hukumatiga urushni tugatish va kamomadni kamaytirish uchun bosimni oshirdi - bu soliqlarni oshirish yoki xarajatlarni qisqartirish kabi qarorlarni talab qiladi.

Hatto siyosatchilar, diplomatlar va kino yulduzlari uchun mashhur toʻxtash joyi boʻlgan Quddusdagi mashhur American Colony mehmonxonasi ham xodimlarni ishdan boʻshatdi, maoshlarni qisqartirishni oʻylamoqda, dedi mehmonxona taʻʻsischilari vakili Jeremi Berkovits.

"Qaysidir paytda bir necha oyga yopish imkoniyatini koʻrib chiqdik, - dedi Berkovits. - Lekin bu, albatta, barcha xodimlarni ishdan boʻshatishni anglatardi. Bu 120 yildan ortiq vaqt davomida yashnatib kelgan bogʻ-rogʻlarimiz qurib qolishini anglatardi”.

Mutaxassislarning aytishlaricha, iqtisodiyotni tiklashga yordam berishning eng yaxshi yoʻli urushni tugatishdir.

Mavzuga aloqador