Pokiston sudi seshanba kuni sobiq bosh vazir Imron Xonni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sobiq bosh vazirga qarshi yana yuzga yaqin sud ishlari davom etmoqda. Unga qoʻyilgan ayblovlar orasida korruptsiya, terrorizm va hatto kufrni ham oʻz ichiga oladi. Xon bilan birga sobiq tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy ham 10 yilga qamalgan.