Falastindagi tibbiyot muassasalariga 449 dan ortiq hujumlar boʻldi: JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus 7 oktyabrdan beri Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi sogʻliqni saqlash
muassasalariga 449 dan ortiq hujum uyushtirilganini tasdiqlab, "hozirda
tibbiyot xodimlarining ishlashi
imkonsiz" dedi.
Yakshanba kuni JSST ijroiya qoʻmitasi tomonidan bosib olingan
Falastin hududlaridagi sogʻliqni saqlash holati boʻyicha tashkil etilgan maxsus
sessiyada soʻzga chiqqan Tedros mojarolar Gʻazo sektoridagi salomatlik bilan bogʻliq holatga halokatli
darajada taʻʻsir
koʻrsatayotganini taʻʻkidladi.
“Gʻazoda 17 mingdan ortiq odam halok boʻlgani, ulardan 7 ming
nafari bolalar, yana
qanchasi uylar vayronalari ostida qolganini bilmaymiz. 46 mingdan ortiq yaralanganlar bor”, — dedi
u.
“1,9 million odam - Gʻazo sektorining deyarli butun aholisi
koʻchirildi va qaerdan topsa, boshpana izlamoqda. Gʻazo sektorida hech kim xavfsiz
emas”, - deya qoʻshimcha qildi u.
U sogʻliqni
saqlash tizimi hech qachon nishon
boʻlmasligi kerakligini taʻʻkidlab, har 700 kishiga oʻrtacha bitta dush va har 150
kishiga bitta hojatxona borligini, diareya va sari kasal kabi epidemik xastaliklarning ogohlantiruvchi
belgilari yuzaga kelganini
aytdi.
Dastlabki 36 kasalxonadan faqat 14 tasi qisman ishlamoqda,
dedi u.
"Borgan sari koʻproq odamlar kichikroq va torroq hududlarga koʻchib
oʻtayotgani sababli toʻlib-toshgan, oziq-ovqat, suv, boshpana va sanitariya etishmasligi kasallik
tarqalishi uchun ideal sharoitlarni yaratadi", - dedi u.
JSST rahbari BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning Gʻazodagi oʻta muhtojlarga eng zarur yordam
etkazilishini taʻʻminlash uchun doimiy va zudlik bilan gumanitar oʻt ochishni toʻxtatish
haqidagi chaqirigʻini qoʻllab-quvvatlashini taʻʻkidladi.
“Sulh - gʻazoliklarning
sogʻligʻini himoya qilish va yaxshilashning yagona yoʻli. Men Xavfsizlik Kengashi oʻtgan
juma kuni bunday oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qila olmaganidan
chuqur afsusdaman", -
dedi u AQShning sulh boʻyicha xalqaro chaqiriqlarni toʻsib qoʻygan vetosiga ishora
qilib.