Zohidon shahri

Eron janubi-sharqidagi Zohidan shahri (Siston va Balujiston viloyati) xalqaro aeroporti yaqinida kuchli portlash ovozi eshitilgan. Bu haqda fors Telegram-kanallari xabar bermoqda.
Hozircha portlashga nima sabab boʻlgani va qurbonlar bor-yoʻqligi nomaʻʻlum. Eron rasmiylari ham bu vaziyatga izoh bermagan.
Taʻʻkidlash joizki, sunniy balujlar istiqomat qiladigan Siston va Balujiston viloyati Erondagi eng yirik norozilik markazi boʻlib, tez-tez aksilhukumat namoyishlari va xavfsizlik kuchlariga qarshi toʻqnashuvlar bilan ajralib turadi.
Shu bois ham Eron parlamenti mazkur hududni turli nomdagi 4 ta viloyatga boʻlish taklifini muhokama qilayotgan edi. Shuningdek, 10 million odamni koʻchirish hamda Siston va Balujiston qirgʻoqlarini boshqa viloyatlarga oʻtkazish masalalari ham koʻrib chiqilyapti.

Mavzuga aloqador