Bombalanayotgan Gʻazo: 308-kunning asosiy voqealari 

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 308 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Zaytun hududi va Nuseyrat lageriga hujum qildi. BMT agentligi (UNRWA) maktablariga hujum uyushtirildi. 24 soat ichida 60 kishi shahid boʻldi, qurbonlarning aksariyati bolalar.

▪️Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlarida 7 oktyabrdan beri 39 699 falastinlik halok boʻldi, ulardan kamida 16 314 nafari bola va 10 980 nafari ayol, 91 722 nafari yaralandi.

 ▪️Minglab falastinliklar Xon-Yunis hududini bombardimon qilishga buyruq berganidan soʻng tark etishga majbur.

 ▪️Al-Qassam brigadalari Gʻazo janubidagi Nahal otryadiga hujum qildi, Asqalan va Zikimga raketalar otdi, shuningdek, Rafahdagi Merkava tanklarini yoʻq qildi. 

 ▪️Al-Qassam brigadalari Faraxin tumanida 630-batalʻon komandiri oʻrinbosari va askarlarini yoʻq qildi.

 ▪️Hizbulloh: Temir gumbaz platformalari, Beranit, Ramim va Zarit kazarmalariga Katyusha va Burkan raketalari bilan hujum qilishni boshladik.

 ▪️AQSh Harbiy-havo kuchlari tun davomida Yamanning Xodeyda shahriga uchta hujum uyushtirdi. 

 ▪️Bosqinchilar Suriyaning Xoms shahridagi Shayrat aeroporti chetiga hujum qildi.

Mavzuga aloqador