Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 297 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 4 ta qirgʻin sodir boʻldi, 66 kishi halok boʻldi, 241 kishi yaralandi.

▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Qalandiya, Baytlahm, Nablus va Jeninda falastinliklarni ommaviy hibsga olish uchun operatsiya oʻtkazmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari Tal al-Hava hududida nolʻ masofadan shiddatli kurash olib bormoqda.

▪️Britaniya bosh vaziri Isroil prezidentini Gʻazoda oʻt ochishni toʻxtatish yoʻlida zudlik bilan qadam tashlash zarurligi haqida maʻʻlum qildi.

▪️Bosqinchi havo kuchlari Livan janubidagi Markaba va Aitron shaharlariga hujum qildi.

▪️Bosqinchilarning yangi buyruqlari tufayli oʻn minglab falastinliklar Burayj lagerini tark etmoqda. Gʻazoning 86 foizi shunday evakuatsiya rejasiga boʻysundi.

▪️Erdogʻan: Qorabogʻga kirganimizdek, Liviyaga kirganimizdek, Isroil bilan ham shunday qilamiz. Imkonsiz narsani oʻzi yoʻq.

Mavzuga aloqador