Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 291 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunis hamda Nuseyrat, Jabaliya va Bureyj lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri shahidlar soni 39 006 kishidan, yaralanganlar soni 89 818 kishidan oshdi.

▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Xon Yunisdagi ishgʻolchilarning hujumlari natijasida soʻnggi 24 soat ichida 81 kishi halok boʻldi, 250 kishi yaralandi va oʻn minglab odamlar hududni tark etishga majbur boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Nitsarim hududidagi bosqinchilarning qoʻmondonlik shtabiga zarba berishda davom etamiz.

▪️Gʻarbiy Sohilda Tulkarmda ishgʻolchilar qarshilik harakatining 3 nafar etakchisini, bir ayol va uning qizini oʻldirdi. Tez yordam mashinalarining yarador ayollar va bolalar etib borishiga ruxsat berilmagan. Qarshilik jangchilari zirhli transportyorni portlatib yubordi.

▪️Hizbulloh: Biz Tsoreal aholi punktini birinchi marta bombaladik, oʻnlab «Katyusha» raketalarini uchirdik.

▪️HAMAS va Fath guruhlari Xitoyda milliy birlikka chaqiruvchi kelishuvni imzoladi.

▪️Bosqinchilar Livanning Hula va Aita ash-Shab shaharlariga hujum qildi.

▪️BMT: Gʻazo hududining 83 foizi evakuatsiya qilinadigan yoki taqiqlangan hududlar deb eʻʻlon qildi.

▪️Husiylar: Isroilning Gʻazodagi qirgʻinlari asr jinoyati va davrning Xolokostini ifodalaydi.

Mavzuga aloqador