Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 290 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Xon Yunisga, Bureyj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38 983 kishi shahid boʻldi, 89 727 kishi yaralandi.

▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar qarshilik kuchlari bosqinchilarning razvedka samolyotini yoʻq qilgan Baytlahm, Qalqilya va Balat lageriga hujum uyushtirdi. Jenin lagerida fashistlar gospitalni oʻqqa tutdi.

▪️Gʻazoda Isroilning genotsidiga norozilik bildirgan Kanada fuqarosi Isroil kuchlari tomonidan qatl etildi. Isroil rasmiylari erkak askarlarni pichoqlamoqchi boʻlganini daʻʻvo qilmoqda. Biroq voqea aks etgan videotasvirlarda u askarlardan ancha uzoqda boʻlgani va ularga hech qanday xavf tugʻdirmaganini koʻrish mumkin.

▪️Bosqinchilar koʻchirilgan aholiga Xon Yunisni tark etishga buyruq berganidan bir necha daqiqa oʻtgach, hududni kuchli oʻqqa tutish boshlandi. 11 kishi halok boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim oʻqida bosqinchilarga hujum qildi. Livan Kassam fronti 300-Shumir brigadasining shtab-kvartirasini oʻqqa tutdi.

▪️Husiylar: Isroil bilan til biriktirgan har qanday arab davlati bizning nishonimiz boʻladi.

▪️Pokiston ishgʻolni qoʻllab-quvvatlovchi barcha kompaniyalarning mahsulotlarini sotishni taqiqladi.

▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi: Falastin davlati allaqachon mavjud, ammo Isroil falastinliklarga qarshi aparteidni qoʻllamoqda, har kuni oʻz qurbonlariga nisbatan shafqatsiz va sadist boʻlib bormoqda.

Mavzuga aloqador