Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 280 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Nuseyrat, Xon Yunis va Rafah lagerlariga hujum qildi. 24 soat ichida 50 kishi halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38345 kishi shahid boʻldi, 88295 nafari yaralandi.

▪️Al-Qassam brigadalari: Ishgʻolchilarning Nitsarim oʻqidagi pozitsiyalarini bombardimon qildik va Tal al-Hava hududida Merkava tanklarini yoʻq qildik.

▪️Husiylar: Gʻazoni qoʻllab-quvvatlash amaliyotlari boshlanganidan beri 166 ta kemaga hujum qildik.

▪️Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant rahbarlik lavozimlarida ishlagan har bir shaxs, jumladan oʻzi, bosh vazir Benyamin Netanyaxu va yuqori martabali harbiy amaldorlar 7 oktyabrdagi hujumlar va ularning oqibatlari bilan bogʻliq holda tergov qilinishi kerakligini aytdi.

▪️Bayden Gʻazodagi vaqtinchalik bandargoh demontaj qilinishi haqida: “Baʻʻzi gʻoyalarim muvaffaqiyatli chiqmaganidan xafaman. Loyiha yanada muvaffaqiyatli boʻlishiga umid qilgandim”.

▪️Erdogʻan: Turkiya NATO doirasida Isroil bilan hamkorlik qilmaydi.

▪️BMT: Gʻazo bolalarning butun bir avlodini yoʻqotish arafasida.

▪️Suriyadan raketalar otilganidan soʻng Golanda yongʻinlar boshlandi.

Mavzuga aloqador