Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 20z kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️ Bosqinchilar Nuseyrat lageri va Gʻazo markaziga hujum qildi, bir kunda 33 kishi halok boʻldi. Umuman olganda, urush boshlanganidan beri 34568 kishi shahid boʻldi, 77765 kishi yaralandi.
▪️ Gʻarbiy Sohilda koʻchmanchilar Erixodagi Falastin jamoasiga bostirib kirdi. Ishgʻolchi askarlar Ramallah, Qalandiya va Xalilda reydlar oʻtkazib, 12 falastinlik hibsga oldi.
▪️ Al-Aqso brigadalari: bugun ertalab soat 7 da Gʻazo markazidagi Nitsapim harbiy obʻʻektiga hujum qildik, shuningdek, Xolit kibutsiga ham zarba berdik.
▪️ Bosqinchi armiya kecha Gʻazoning markaziy qismidan oʻq otilishi kuzatilayotganini maʻʻlum qildi.
▪️BMT: 6 oylik urush davomida Gʻazo aholisining 5% oʻldirilgan yoki yaralangan.
▪️ 18 apreldan beri AQSh politsiyasi 30 ta universitet va kollejda Falastin tarafdorlari boʻlgan 1600 dan ortiq faolni hibsga oldi.
▪️ Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro chorshanba kuni Isroil armiyasining Gʻazodagi harakatlari tufayli Isroil bilan diplomatik munosabatlarni uzishini maʻʻlum qildi. Petro Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxuni tanqid qildi va Isroil genotsidda ayblanayotgan Xalqaro sudda Janubiy Afrika daʻʻvosiga qoʻshilish istagini bildirdi.
▪️ Turkiya Janubiy Afrikaning Isroilni genotsidda ayblab Xalqaro sudga kiritgan daʻʻvosiga qoʻshilishga qaror qildi. "Biz tanlov qarshisida turibmiz. Yoki qonun va insoniylikni himoya qilamiz yoki barchamiz Isroil zulmining badalini toʻlaymiz", - dedi Turkiya TIV rahbari Hoqon Fidan.
▪️ Yashillar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Jill Shtayn Missuri shtatining Sent-Luis shahridagi Vashington universiteti kampusida Falastin tarafdori boʻlgan norozilik namoyishlarida ishtirok etganidan soʻng hibsga olindi.

Mavzuga aloqador