Gadi Ayzenkot

Isroil armiyasi Bosh shtabining sobiq rahbari, general-leytenant Gadi Ayzenkot, “Maxane Mamlaxti” partiyasi etakchisi Beni Gants hamda Gʻazodagi diviziya qoʻmondoni Avi Rozenfelʻd Netanyaxu hukumatini tark etdi. Ular bosh vazirni Isroilning strategik holati va milliy xavfsizligiga zarar etkazayotganlikda ayblab, Jo Bayden tomonidan ilgari surilgan sulh taklifini qabul qilishga chaqirishdi.

Isroil armiyasi Bosh shtabining sobiq rahbari, general-leytenant Gadi Ayzenkot, “Maxane Mamlaxti” partiyasi etakchisi Beni Gants hamda Gʻazo boʻlinmasi qoʻmondoni Avi Rozenfelʻd Netanyaxu hukumatini tark etdi.

Ayzenkot isteʻʻfoga chiqish maktubida bosh vazir Netanyaxuni Isroilning strategik holati va milliy xavfsizligiga zarar etkazayotganini aytib, muhim qarorlar qabul qilishdan qochganlikda aybladi. “Yaqinda siz tomoningizdan qabul qilingan qarorlar mamlakat manfaatlaridan kelib chiqmaganini koʻrdik”, - dedi u.

“Davlat lageri” siyosiy bloki va “Maxane Mamlaxti” partiyasi rahbari Beni Gants ham hukumatdan isteʻʻfoga chiqqanini eʻʻlon qildi.

“Bu oson qaror emas, lekin Isroil davlati haqiqiy gʻalabaga loyiqdir. Gʻalaba – barcha garovga olinganlarning qaytishi, bu haqiqiy birdamlik, gʻalaba – milliy ustuvorliklar tartibini oʻzgartirish”, — dedi Gants.

Uning aytishicha, "Netanyaxu haqiqiy gʻalabaga erishishga toʻsqinlik qilmoqda" va shuning uchun uning bloki favqulodda hukumatni tark etmoqda.

Gants 2024 yil kuzida saylov oʻtkazishga chaqirdi va mudofaa vaziri Yoav Galantga murojaat qilib: “Siz halol odamsiz. Endi nafaqat haqiqatni gapirish, balki shu haqiqatga amal qilish vaqti keldi”, - dedi.

Gants avvalroq 7 oktyabrʻ voqealariga olib kelgan muvaffaqiyatsizliklarni tekshirish boʻyicha davlat komissiyasini tuzishni talab qilgan va Gʻazoda urush rejasi yoʻqligidan noroziligini bildirgan edi.

U Isroil ustidan xavfsizlik nazoratini saqlab qolgan holda AQSh, Evropa, arab davlatlari va falastinliklar homiyligida Gʻazo uchun vaqtinchalik fuqarolik boshqaruvini yaratishni taklif qildi.

"Agar siz mutaassiblar yoʻlini tanlasangiz va butun xalqni tubsizlikka olib borsangiz, biz hukumatni tark etishga majbur boʻlamiz", deb tahdid qilgandi Gants.

Isteʻʻfolarga Isroil armiyasining Gʻazodagi diviziyasi qoʻmondoni Avi Rozenfelʻd ham qoʻshildi. U “etar” dedi.

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich ushbu voqealarni shunday izohlar ekan, "Gantsning isteʻʻfosi - Xamas rahbari Yahyo Sinvar intilayotgan yutuqdir", - dedi.

Isroil sobiq mudofaa vaziri Moshe Yaalon ham oʻz fikrini bildirdi.

“Poraxoʻr hukumat Gants va Ayzenkotning ketishi bilan qonuniyligini yoʻqotdi. Tariximizdagi eng yomon xavfsizlik muvaffaqiyatsizligiga sabab boʻlgan hukumat bizni bu inqirozdan olib chiqish uchun hech qanday mandat yoki xohishga ega emas. Ular urushni tugatishga va garovga olinganlarni ozod qilishga qaror qila olmaydi. Biz mamlakatni halokatdan qutqarish uchun imkon qadar tezroq saylovlarni oʻtkazish uchun koʻchalarga chiqamiz”, - dedi u.

HAMAS etakchilaridan biri Sami Abu Zaxri esa: "Gants va Ayzenkot choʻkayotgan kemani choʻkib ketishidan oldin tark etishni xohlashdi”, - deya munosabat bildirdi.

Mavzuga aloqador