AQShlik geosiyosat boʻyicha ekspert, isteʻʻfodagi podpolkovnik Rich Outzenning fikricha, Livandagi peyjer va ratsiyalarning portlashi XXI asrda koʻlami boʻyicha hamma eʻʻtiborga olishi kerak boʻlgan yangi turdagi tahdiddir.

“Onadolu agentligining savollariga javob bergan isteʻʻfodagi podpolkovnik Outzen portlovchi moddalarni uyali telefonlarga joylashtirish yangi usul emasligini, lekin Livanda amalga oshirilgan hujumning tayyorgarlik bosqichi, qoʻllanilgan usul va keng koʻlamli hujum tushunchasi nuqtai nazaridan bir ilk boʻlganini bildirdi.

Outzenning taʻʻkidlashicha, bir vaqtning oʻzida bunchalik koʻp miqdordagi portlovchi moddani masofadan turib portlatish boshqa davlatlar va baʻʻzi tashkilotlar juda oz koʻlamda qila oladigan harakat turidir.

"Bu koʻlam va chuqurlikdagi hujumdan oʻrnak olish ehtimoli, garchi amalga oshirish murakkab boʻlsa ham, nozik hududlar, aeroportlar, siyosiy qarorgohlar va millik etakchilar uchun eʻʻtiborga olinishi kerak boʻlgan jihatlar roʻyxatiga kiritilishi kerak. Bu, shubhasiz, XXI asrda barchamiz xavotirga tushishimiz kerak boʻlgan yangi tahdiddir", - dedi u.

“Livandagi portlashlar ortida Isroil turganiga kam odam shubha qiladi”, - dedi Outzen.

Operatsiya tafsilotlariga nazar tashlagan holda, buning harbiy emas, balki razvedka harakatlari natijasi ekanligini taʻʻkidlagan Outzen: “Eron Isroil bilan toʻgʻridan-toʻgʻri urushda boʻlmasa-da, vakillarni qoʻllab-quvvatlash orqali u bilan ziddiyatda” ekani, Isroil ular bilan odatiy qurolli toʻqnashuvga kirishishdan koʻra, razvedka usullaridan foydalangan holda ularning zaif nuqtalarini aniqlab, oʻsha joylariga zarba berishni afzal koʻrishini taʻʻkidladi.

Outzen AQShda Isroil razvedkasi Hizbulloh bergan buyurtmalarni aniqlab, ishlab chiqarish markazida yoki buyurtma yoʻlda vaqtida harakatga kirishib, uskunalarga portlovchi moddalar joylashtirgani boʻyicha yakdil fikrda ekanini qayd etdi.

Outzen ushbu voqeadan muhim saboq olish kerakligini taʻʻkidladi.

Eslatib oʻtamiz, 17 sentyabrʻ, seshanba kuni Livandagi “Hizbulloh” aʻʻzolari tomonidan foydalanilgan peyjerlarda bir vaqtda portlashlar sodir boʻldi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi mamlakat boʻylab 12 kishi, jumladan 2 bola hayotdan koʻz yumgani, 4 mingga yaqin kishi jarohatlangani, ulardan 300 nafardan ziyodining ahvoli ogʻir ekanini maʻʻlum qildi.

18 sentyabrʻ kuni esa mamlakatda ratsiyalar portlashi oqibatida 14 kishi halok boʻldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Livan rasmiylari voqea uchun Isroilni masʻʻul deb hisoblasada, Isroil bu borada hali bayonot bergani yoʻq.

Isroil-Livan chegarasida 2023 yil 8 oktyabrdan buyon davom etayotgan toʻqnashuvlarda soʻnggi kunlarda keskinlik kuchaygani kuzatilmoqda.

Mavzuga aloqador