2005 yil 19 noyabrʻ kuni Iroqning Hadisa shahrida AQSh askarlarini olib ketayotgan avtomobilga hujum uyushtirilgan. Bundan gʻazablangan Amerika harbiylari yaqin atrofdagi uylarga bostirib kirib, 24 nafar tinch aholi, jumladan, ayollar va bolalarni qirgʻin qilgan edi. Oradan 24 yil oʻtib, ushbu holat aks etgan fotosuratlar oshkor boʻldi.

2005 yili Iroqning Hadisa shahrida Amerika askarlari 24 nafar tinch aholini, jumladan ayollar va bolalarni oʻldirgan qirgʻin fotosuratlari oshkor boʻldi. Ushbu fotosuratlar AQSh armiyasi tomonidan tasvirga olinib, bugungi kungacha saqlab kelinayotgani maʻʻlum boʻldi.

Amerikan New Yorker jurnali mazkur fotosuratlarga asoslangan holda AQSh armiyasiga qarshi daʻʻvo qoʻzgʻatdi va ushbu ish doirasida fotosuratlar birinchi marta ommaga taqdim etildi.

Jurnal xabarida keltirilishicha, 2005 yil 19 noyabrʻ kuni Hadisa shahrida Amerika askarlarini olib ketayotgan avtomobilga hujum uyushtirilgan va AQSh askarlari bu hududdagi uylarga kirib, 24 nafar tinch aholini qirgʻin qilgan.

Shunga koʻra, qirgʻinda AQSh askarlari jami 24 nafar tinch aholini oʻldirgan, ulardan eng kichigi 3 yoshli qiz va eng kattasi 76 yoshli erkak boʻlib, bir necha daqiqa ichida jasadlarni raqamlab, soʻng suratga olib ketishgan.

Amerikan New Yorker jurnali qirgʻinda halok boʻlganlarning oilalari bilan birgalikda AQSh armiyasiga qarshi ochilgan daʻʻvo arizasida yillar davomida jamoatchilikdan yashirilgan fotosuratlarning taxminan bir muddatdan soʻng oshkor etilishini talab qildi. 4 yil oʻtgach, armiya ushbu fotosuratlarni jurnalga topshirishga majbur boʻldi.

Qonli qirgʻin fotosuratlari

Jurnal tomonidan chop etilgan fotosuratlardan birida Zaynab Yunus Salim ismli 5 yoshli qizning boshiga oʻq uzilgani va orqasiga amerikalik askarlar tomonidan «11» yozuvi yozilgani koʻrinadi.

Yana bir kadrda ismi Ayda Yasin Ahmad ekani aytilgan ayol bolalarining jasadlari bilan qonga belangan toʻshakda yotibdi. Suratdagi qurbonlarning ismlari Saba (10), Oysha (3), Zaynab (5), Muhammed (8) va Ayda ekanligi bildirildi.

Boshqa bir kadrda esa eng yosh jabrdiyda 3 yoshli Oysha Yunus Salim otib oʻldirilganidan soʻng amerikalik askarlarning yonogʻiga «12» raqami yozilgan.

Yana bir kadrda universitetga ketayotib, AQSh askarlari tomonidan qurshab olingan va oʻldirilgan 5 nafar tinch aholining jasadlari koʻrsatilgan.

Jurnal xabarida keltirilishicha, qirgʻin paytida toʻshak yonidagi burchakda yashiringan 11 yoshli Safa ismli oʻgʻil bolaning omon qolgani bildirildi.

Qirgʻin bilan bogʻliq tergov hujjatlariga koʻra, voqeani sodir etganlardan biri boʻlgan kapral Stiven Tatum tergovchilarga otishma boshlanishidan oldin xonadagi odamlarning ayollar va bolalar ekanligini payqagani, hatto ularning bolalar ekanligini bilib turib ularga qarata oʻq uzishda davom etganini taʻʻkidlagan.

Qirgʻinda qatnashgan askarlarning hech biri jazolanmadi. Oʻsha paytdagi qoʻmondonlardan biri, keyinroq AQSh mudofaa vaziri boʻlgan Jeyms Mettis qirgʻinni sodir etganlardan biriga maqtovga toʻla maktub yozib, voqeaga aloqador askarlarning «begunoh» ekanligini taʻʻkidlagan.

Mavzuga aloqador