24 iyulʻ kuni Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi polkovnigi avtomobiliga portlovchi moslama oʻrnatgan Evgeniy Serebryakov Turkiyada qoʻlga olindi. Juma kuniga oʻtar kechasi Moskvaga etkazilgan Serebryakov ushbu suiqasdni amalga oshirgani uchun Ukraina maxsus xizmati tomonidan ukrain fuqaroligi va 20 ming dollargacha pul mukofoti vaʻʻda qilinganini bildirdi.

Moskvada Rossiya Mudofaa vazirligi zobitining avtomashinasini portlatishda ayblanayotgan Evgeniy Serebryakov juma kuni Rossiya FSB tomonidan tarqatilgan videoda soʻroq paytida oʻtgan yili Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilishga qaror qilgani, ular bilan internet orqali bogʻlangani va Mudofaa vazirligi zobitini oʻldirishni taklif qilganini aytdi.

“2023 yil fevralʻ oyida men Ukraina razvedka xizmatlari bilan hamkorlik qilish maqsadida hamjamiyat maʻʻmuri bilan faol bogʻlandim”, - dedi Serebryakov soʻroq paytida.

Keyinchalik, oʻz taxminlariga koʻra, "Ukraina Xavfsizlik xizmati xodimi" boʻlgan Ilʻya bilan aloqa qila boshladi. "Biz u bilan gaplashdik, Istanbulda bir uchrashuv boʻldi, men qoʻlbola portlovchi qurilmani yigʻish uchun qismlarni oldim. Va ofitserni yoʻq qilishni taklif qildim", - dedi Serebryakov.

Uning soʻzlariga koʻra, “nazorat ostida va koʻrsatmalar bilan portlovchi moslamani yigʻib, mashina ostiga qoʻygan”.

"Ilʻya menga Ukraina fuqaroligini va 10 dan 20 ming dollargacha mukofot vaʻʻda qildi", - dedi u.

Serebryakov Moskvada avtomobilni portlatib yuborganidan soʻng Turkiyaning Bodrum shahriga qochgan va oʻsha erda qoʻlga olinib, juma kuniga oʻtar kechasi Moskvaga etkazilgan.

Serebryakovga bir guruh shaxslar tarkibida oldindan til biriktirib yoki uyushgan guruh tomonidan umumiy xavfli tarzda ikki yoki undan ortiq shaxsni oʻldirishga urinish va portlovchi moddalarning noqonuniy savdosi boʻyicha sirtdan ayblov qoʻyilgan.

Maʻʻlumot uchun, 24 iyulʻ kuni ertalab Moskvaning Sinyavinskaya koʻchasidagi uylardan birining hovlisida avtomobilʻ portlashi sodir boʻldi, natijada ikki kishi hayotdan koʻz yumdi. Avtomobilʻ egasi Rossiya Qurolli Kuchlari polkovnigi boʻlgan. “Interfaks” agentligi suhbatdoshining soʻzlariga koʻra, haydovchi oʻrindigʻi ostiga sigʻimi taxminan 500 gramm trotil boʻlgan portlovchi moslama qoʻyilgan.

Mavzuga aloqador