Joʻrabek Mirzamahmudov va Sergey Tsivilyov.

Oʻzbekiston va RF energetika vazirliklari Rossiyaning «Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga qoʻshishga kelishib oldi. Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyovning soʻzlariga koʻra, mazkur tashabbus nafaqat elektr energiyasi eksporti, balki davlatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bogʻliq.

Oʻzbekiston va Rossiya energetika vazirliklari Rossiyaning «Tizim operatori»ni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga (MO YaET) qoʻshishga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya energetika vaziri Sergey Tsivilyov jurnalistlarga maʻʻlum qildi, deb yozdi TASS.

“Bugun ikki vazirlikning tezkor qaror qabul qilish soʻralgan qoʻshma bayonoti eʻʻlon qilindi. Markaziy Osiyoning alohida, biz hali kirmagan energotizimi mavjud. BiroqMarkaziy Osiyo yagona energetika tizimini birgalikda boshqarishimiz uchun ["Tizim operatori"] kirishi kerak, biz u bilan bogʻlanganmiz. Oʻzbekiston tomoni buni toʻliq qoʻllab-quvvatlamoqda. Yaqin vaqtlarda buni amalga oshiramiz”, - dedi vazir.

Uning taʻʻkidlashicha, mazkur tashabbus nafaqat elektr energiyasining tijoriy eksporti, balki mamlakatlar oʻrtasidagi oqimlarni boshqarish bilan ham bogʻliq boʻlib, bu energiya tizimlarini taqchillik, tabiiy omillar va yuqori yuklanishlarda tezda muvozanatlash imkonini beradi.

«Agar toʻsatdan kimdir bilan nimadir yuz bersa, muvozanatni saqlash uchun mamlakatlar ehtiyojlarini oqimlar bilan tezda qoʻllab-quvvatlay olamiz. <...> Bu tizim xavfsizligini toʻgʻri taʻʻminlashimiz uchun muhim», — deya TASS Oʻzbekiston energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovdan iqtibos keltirdi.

Oʻzbekiston Energetika vazirligi mazkur kelishuv haqida maʻʻlum qilgani yoʻq. Vazirlik xabarida vazirlar ikki davlat oʻrtasidagi har tomonlama manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, yoqilgʻi-energetika kompleksiga investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi loyihalarni hayotga tatbiq etish singari masalalarni muhokama qilgani aytilgan.

Mavzuga aloqador