Qirgʻiziston va Tojikiston 90 foizdan ortiq bahsli uchastkalar boʻyicha kelishib oldi
Qirgʻiziston va Tojikiston davlat chegarasidagi 90 foizdan ortiq bahsli uchastkalar boʻyicha kelishuvga erishdi. Qirgʻiz-Tojik davlat chegarasining umumiy uzunligi 972 kilometrni tashkil qiladi
Qirgʻiziston
va Tojikiston davlat chegarasidagi bahsli uchastkalarning 94 foizi boʻyicha kelishib
oldi. Bu haqda «Kabar» axborot agentligi Qirgʻiziston prezidenti maʻʻmuriyatining
axborot siyosati xizmatiga tayanib xabar berdi.
Xabarda
aytilishicha, ikki davlat hukumat delegatsiyalarining huquqiy masalalari boʻyicha
topografik ishchi guruhlari va ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari avgust
oyida Botken shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Uchrashuv
davomida tomonlar bahsli hududlarning qolgan 6 foizini muhokama qiladi.
Qirgʻiz-Tojikiston davlat chegarasining umumiy uzunligi 972
kilometrni tashkil qiladi.
Maʻʻlumot
uchun, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi bahsli chegara uchastkalari ikki
davlat aholisi va harbiylari oʻrtasida tez-tez toʻqnashuvlarga sabab boʻlgan.
Toʻqnashuvlarda koʻp sonli qurbonlar ham berilgan.
Jumladan,
Qirgʻiziston-Tojikiston chegarasidagi 2022 yildagi mojaro Qirgʻiziston va
Tojikiston harbiy xizmatchilari oʻrtasidagi 14 sentyabrʻ kuni Samarqandda ShHT
sammiti arafasida boshlandi va 19 sentyabrgacha davom etdi. Qirgʻiz-tojik
chegarasidagi mojarolar tarixidagi eng yirik va qonli toʻqnashuv hisoblanadi.
Har ikki
tomon harbiy harakatlar boshlanishida bir-birini aybladi. Qirgʻiziston hukumati
maʻʻlumotlariga koʻra, mojaro paytida qirgʻiz tomondan 63 kishi halok boʻlgan, 140
mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi
maʻʻlumotlariga koʻra, Tojikiston tomonida 83 kishi halok boʻlgan.