Qibris (Kipr) orolida yashab kelayotgan turk musulmonlariga qarshi etnik tozalash va boshqa jinoyatlarga barham berish maqsadida 1974 yilning 20 iyulʻ kuni orolda tinchlikparvarlik amaliyoti oʻtkazilgan edi. Kod nomi “Atilla operatsiyasi” boʻlgan ushbu amaliyot Turkiya qurolli kuchlari orol shimoliga qoʻshin tashlashi (dastlab 10 ming nafar, keyinchalik ular soni 40 ming nafarga etkazildi) bilan boshlanadi. Pentemili plyaji hududida qizgʻin jang boʻlib oʻtadi.

23 iyulʻ kuni faol harbiy harakatlar tugaydi. Shu kuni Qibris yunon artilleriyasining uchta pozitsiyasi turk qoʻshinlari tomonidan oʻqqa tutiladi.

16 avgust kuni esa harbiy harakatlarning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Yakunda orol shimolida Shimoliy Qibris Turk Respublikasi tashkil etildi.

“Vikipedia” maʻʻlumotlariga koʻra, amaliyot davomida:

Qibris yunonlaridan 309 kishi halok boʻlgan, 909 kishi bedarak yoʻqolgan, 1141 kishi yaralangan. 12 tank, 7 zirhli transport vositasi, 46 ta aslaha asosan samolyotlar tomonidan yoʻq qilingan va tashlab ketilgan.

Gretsiyadan 88 kishi halok boʻldi, 83 kishi bedarak yoʻqoldi, 148 kishi yaralandi. 4 ta samolyot urib tushirildi yoki hisobdan chiqarildi;

Kipr turklaridan 70 kishi halok boʻldi, bedarak yoʻqolgan va yaralanganlar haqida maʻʻlumot yoʻq;

Turkiyadan 498 kishi halok boʻldi, 1200 kishi yaralandi. 26 ta tank, 4 ta zirhli transport vositasi, 24 ta aslaha, 1 ta esminets, 14 ta samolyot va vertolyot urib tushirilgan va halokatga uchragan.

Avvalroq Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Shimoliy Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya va Qibris Turk Respublikasi (QTR) tomonidan “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamagan boʻlardi, degan edi.

Maʻʻlumot uchun, 1571 yilda venetsiyaliklardan olingan va 307 yil davomida Usmonlilar hukmronligi ostida qolgan Qibris boshqaruvi 1878 yilda hukmronlik huquqi Usmonlilar imperiyasida qolgan holda Angliyaga oʻtkazildi. Birinchi jahon urushi davrida Usmonli imperiyasi va Angliyaning turli tarafda boʻlishi natijasida Angliya 1914 yilda bir tomonlama qaror bilan orolni qoʻshib oldi. Turkiya 1923 yilda Lozanna shartnomasi bilan Britaniyaning oroldagi suverenitetini tan oldi.

Mavzuga aloqador