Markaziy Osiyoda banklar Rossiya kompaniyalariga rad javobini bermoqda
RBK
maʻʻlumotlariga koʻra, iyulʻ oyida Markaziy Osiyo banklari tomonidan Rossiya
kompaniyalariga toʻlovlarni amalga oshirishdan bosh tortish
holatlari 30
foizgacha oshgan. Bu haqda PEK,
Digital VED, GTL va
Logita Trade transport kompaniyalari tomonidan tayyorlangan sharhda soʻz boradi.
Shuningdek,
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston bilan toʻlovlarni amalga
oshirish muddatlari
ikki haftaga uzaygani xabar qilingan.
PEK moliyaviy direktori Roman
Romashevskiyning fikricha, muammolar ushbu mamlakatlarda bank qonunchiligiga rioya
qilish kuchaygani bilan
bogʻliq. Banklar kompaniya, uning taʻʻsischilari, mijozlari, mablagʻlar manbalari va
tranzaktsiya tafsilotlari toʻgʻrisidagi maʻʻlumotlarga nisbatan koʻproq qoʻshimcha
hujjatlar va tushuntirishlarni talab qilmoqda.
“Koʻpincha
toʻlovlar kechiktiriladi yoki tushuntirishsiz qaytariladi. Xizmat koʻrsatuvchi Rossiya
banki ularni bilmaydi va tushuntirib bera olmaydi, chunki muammo chet eldagi qabul
qiluvchi bank tomonida paydo boʻladi", - deb taʻʻkidlaydi Romashevskiy.
Digital asoschisi Anna Fomichevaning
qoʻshimcha qilishicha, eng qiyin vaziyatlar Markaziy Osiyo banklari orqali boshqa
davlatlarga, jumladan, Xitoyga ham tovarlar uchun
toʻlovlarni amalga oshirishda yuzaga kelmoqda.
Iyunʻ
oyida Qirgʻizistondagi kompaniyalar qiyinchiliklarga duch kelishgandi.
Koʻpgina mahalliy banklar "texnik ish, rublʻ kursidagi oʻzgaruvchanlik va
valyuta bozoridagi ehtimoliy keskin tebranishlar" tufayli toʻlovlarni toʻxtatdi. Ayrim
kompaniyalar qirgʻizistonlik hamkorlar bilan shartnomalarini vaqtincha bekor
qilgan. Aksariyat tranzaktsiyalar allaqachon tiklangan boʻlsa-da,
toʻlovlarni amalga oshirish uchun oʻrtacha vaqt ikki haftagacha uzayishi
mumkin.
Logita
Trade bosh
direktori Tatʻyana
Alekseevaning
qayd etishicha, muammolar iyunʻ oyida Moskva birjasi va boshqa rus kompaniyalariga
nisbatan AQSh sanktsiyalari kiritilganidan keyin boshlangan. Bu Moskva birjasida
dollar va evro savdolarining toʻxtatilishiga olib keldi.
Iyunʻ
oyida AQSh sanktsiyalari kiritilgach, Qozogʻiston Qimmatli qogʻozlar markaziy
depozitariysi mijozlarga Rossiya qimmatli qogʻozlarini uning nominal ixtiyoridan
olib qoʻyishni tavsiya qilgandi.