Ax-3 missiyasi doirasida birinchi turk kosmonavti Gezeravjining parvozi boshlandi
SpaceX kompaniyasining Dragon kapsulasini Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS) olib boradigan Falcon 9 raketasi mahalliy vaqt bilan 16:49 da uchirildi.
AQSh mahalliy vaqti bilan soat 16:49da (Turkiya vaqti bilan
00:49, Toshkent vaqti bilan
02:49) birinchi turk astronavti Alper Gezeravji boʻlgan SpaceX kosmik kemasi Floridadagi NASAning
Kennedi nomidagi kosmik markazidan muvaffaqiyatli uchirildi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Ax-3
missiyasi ishtirokchisining kosmik sayohati AQShning Florida shtatidagi Kennedi
koinot markazidagi 39A uchirish majmuasidan boshlandi.
Falcon 9 raketasi kapsulani Xalqaro kosmik stantsiyaga (XKS)
olib boradi.
Uzunligi 70 metr, diametri 3,7 metr va ogʻirligi taxminan 550
tonna boʻlgan SpaceX 9 raketasi
Erning past orbitasiga 22 ming kilogramm, geostatsionar orbitaga 8300 kilogramm
va Marsga 4 ming kilogramm foydali yuk etkaza oladi.
Dragon kapsulasining uzunligi esa
8,1 metr boʻlib, 7 kishini sigʻdira oladi.
Ax-3 missiyasi, shuningdek, AQSh va Ispaniya vakili boʻlgan
missiya direktori Maykl Lopez-Alegria, Italiya havo kuchlari uchuvchisi Valter
Vilyadei va Evropa kosmik agentligi vakili shvetsiyalik Markus Vandtni ham oʻz ichiga olgan.
Avvalroq AQSh mahalliy vaqti bilan 17 yanvarga rejalashtirilgan
uchirma SpaceX tomonidan oxirgi tekshiruvlarni
yakunlash uchun bir kunga kechiktirilgandi.
Eslatib
oʻtamiz, birinchi turk kosmonavti Alper Gezeravji Gezeravji Xalqaro kosmik
stantsiyada 14 kun davomida turli ilmiy vazifalarni bajaradi. Jumladan, kosmosda
saraton, immunitet hujayralari, suv oʻtlari, propolis va boshqalar ustida 13 ta
tajriba oʻtkaziladi.