Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev 6 oktyabrʻ kuni mamlakatda atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha referendum oʻtkazilishini maʻʻlum qildi.

Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqaev 6 oktyabrʻ kuni mamlakatda atom elektr stantsiyasini qurish boʻyicha referendum oʻtkazilishini maʻʻlum qildi. Toqaev parlament quyi va yuqori palatalarining qoʻshma majlisida referendum oʻtkazish sanasini maʻʻlum qildi.

“Global energiya taqchilligi kuchayib borayotganini hisobga olsak, ishonchli va ekologik toza energiya manbalariga juda muhtojmiz, shuning uchun, menimcha, atom energetikasini rivojlantirishga katta eʻʻtibor qaratishimiz lozim. Ushbu turdagi ishlab chiqarish jadal oʻsib borayotgan iqtisodiyotimiz ehtiyojlarini sezilarli darajada qondiradi”, — deya uning soʻzlaridan iqtibos keltirdi Tengrinews.

Qozogʻiston prezidenti “mamlakat hayoti uchun muhim boʻlgan har bir qadam xalq qoʻllab-quvvatlashi bilan tashlanishi kerak”ligini taʻʻkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, bugun referendum oʻtkazish sanasini belgilash toʻgʻrisidagi farmonni imzolaydi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonda Balxash koʻli qirgʻogʻidagi Olmaota viloyatining Ulken qishlogʻida atom elektr stantsiyasini qurishni rejalashtirilgan. Hukumat stantsiya qurilishi bilan mamlakat nafaqat toza, balki arzon elektr energiyasini ham olishiga vaʻʻda bermoqda, bu esa past tariflarni saqlashga yordam beradi.

Loyiha muxoliflari ham ekologik, ham siyosiy sabablarni keltirmoqda. Ularning fikricha, AESni Rossiyaning «Rosatom» kompaniyasi quradi, bu esa Qozogʻistonni Rossiyaga yanada qaram qilib qoʻyadi va harbiy toʻqnashuv yuzaga kelgan taqdirda, uni nishonga aylantirishi mumkin.

Mavzuga aloqador