Qozogʻistondagi YTHda 8 oʻzbekistonlik halok boʻldi
Foto: polisia.kz
Qozogʻistondagi Samara-Chimkent yoʻlida Toyota Alhpard avtomobili Volvo yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketdi. Natijada engil avtomobilda boʻlgan 8 nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi. Oʻzbekiston prezidenti ularning jasadini Mudofaa vazirligi samolyotida vatanga qaytarish hamda dafn marosimlarini oʻtkazish boʻyicha topshiriq berdi.
3 aprelʻ
kuni Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidan oʻtgan Samara-Shimkent yoʻlida
Toyota-Alhpard hamda Volvo rusumli yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport
hodisasi sodir boʻldi. YTH natijasida Toyota-Alhpard avtomobilida boʻlgan 8 nafar
Oʻzbekiston fuqarosi voqea joyida vafot etdi.
Oʻzbekiston
prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirigʻi bilan ular jasadi Mudofaa vazirligining
maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn
marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining qayd etishicha, baxtsiz hodisada
vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib
kelish va dafn etish marosimlarini oʻtkazish boʻyicha hukumat komissiyasi tuzilib,
kerakli barcha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
«Favqudodda vaziyatlar vazirligi masʻʻullari qozogʻistonlik
hamkasblari bilan doimiy aloqada boʻlib, baxtsiz hodisani kelib chiqish
sabablarini oʻrganish boʻyicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda», — deyiladi
xabarda.