Turkiyada 2,5 million oʻquvchi yozgi Qurʻʻon kurslarida qatnashdi
Turkiyada maktab oʻquvchilarining etti haftalik yozgi Qurʻʻon kurslari yakuniga etdi. Mashgʻulotlarda 2,5 million oʻquvchi ishtirok etdi. Mashgʻulotlar doirasida turli musobaqalar (ham diniy, ham sport boʻyicha) tashkil etilib, eng muvaffaqiyatli oʻquvchilarga velosiped va planshetlar sovgʻa qilindi.
Turkiya Din ishlari boshqarmasi rahbari Ali Erbash Turkiya boʻylab
qariyb 3 million oʻquvchi
ishtirokida oʻtkazilgan yozgi Qurʻʻon kurslari yakunlanganini maʻʻlum qildi.
“Qurʻʻon kurslarimiz
ustozlari, din peshvolari, bu xizmatga hissa qoʻshayotganlar, maʻʻnaviy
qadriyatlarimizni avlodlarimizga etkazish yoʻlida harakat qilayotgan ota-onalarimiz
va xayrixohlarimizga, ayniqsa, muqaddas
kitobimizni oʻrganishga katta kuch sarflagan oʻquvchilarimizga minnatdorchilik
bildiraman”, deb yozadi Erbash X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Joriy yilning 1 iyulidan boshlab davom etgan kurslarda jami
2,5 million oʻquvchi
qatnashgan boʻlsa, oʻqituvchilar soni 107 ming nafarga etganh Oʻtgan yili esa yozgi Qurʻʻon kurslariga 2,4 million fuqaro qatnashgan.
Kurs dasturi etti hafta davom etdi va har kuni toʻrt soatlik darslarni oʻz
ichiga oldi. Mashgʻulotlar
doirasida turli musobaqalar (ham diniy, ham sport boʻyicha) tashkil etilib, eng
muvaffaqiyatli oʻquvchilarga velosiped va planshetlar sovgʻa qilindi.