Surat:

Nima uchun IShID AQSh yoki Gʻarb davlatlarida teraktlar uyushtirmaydi?

Moskvadagi teraktdan soʻng oʻrinli savol tugʻiladi: nega oʻzini Amerikaga qarshi tashkilot sifatida koʻrsatayotgan IShID terrorchilik xurujlarini AQSh yoki Gʻarb davlatlarida emas, Turkiya, Eron, Iroq, Afgʻoniston va Rossiyada amalga oshirmoqda?

"Tarixdagi eng qonli terrorchi tashkilotlardan biri boʻlgan IShID oʻzining hujumlarini Turkiyani ham qamrab oluvchi bir mintaqa chegarasida amalga oshirishi eʻʻtiborlidir", - deydi Sabah nashrining Turkiya razvedkasidagi anonim manbasi.

Jumladan, yanvarʻ oyida Istanbuldagi cherkorda amalga oshirilgan terakt Turkiyadagi ibodatxonalarga uyushtirilgan ilk hujum hisoblanadi, biroq IShID avvalroq Turkiyaning boshqa joylarida ham teraktlar sodir etgan –  2017 yilda tungi klubda sodir etilgan terakt 39 kishining hayotiga zomin boʻlgan, 2015 yilda Anqaradagi portlashda 109 kishi hayotgan koʻz yumgan. 2022 yil oktyabrʻ oyida IShID Eronning Sheroz shahrida portlash uyushtirdi, natijada 15 namozxon halok boʻldi, 40 nafari yaralandi. 2022 yil dekabrʻ oyida Afgʻonistondagi Kobul mehmonxonasida terrorchilar portlovchi qurilmani ishga tushirib, 15 kishini oʻldirgan. 2024 yil boshida Eronning Kerman shahrida general Qosim Sulaymoniy vafotining bir yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan dafn marosimida portlash sodir boʻlib, 103 kishi olamdan oʻtdi.

IShID hujumlarining geografiyasi ularning navbatdagi hujum joylarini qanday tanlashlari hamda Gʻarb davlatlari va AQSh nima uchun moʻʻʻjizaviy tarzda ulardan uzoq turishlari haqida savollar tugʻdiradi. Maxsus xizmatlar tegishli choralarni amalga oshirmaganlarida edi, yanada koʻproq teraktlar uyushtirilgan boʻlardi.

Qayd etilishicha, 2011 yildan buyon Turkiyada 102 davlat fuqaroligiga ega 9 mingdan ortiq kishi terrorchilikda gumonlanib hibsga olingan. Eʻʻtiborlisi, ularning 1162 nafari AQSh va Evropa Ittifoqi fuqarolari boʻlib, oʻtgan dekabrʻ oyida qoʻlga olingan 32 nafari Anqaradagi cherkovlar va Iroq elchixonasiga qarshi teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan.

Moskvadagi teraktdan soʻng munosabat bildirgan Butunjahon musulmon ulamolari ittifoqi bosh kotibi Ali Muhyiddin Qoradogʻiyning fikrlari ham eʻʻtiborga loyiq. U bu kabi xatti-harakatlarning Islomga aloqasi yoʻqligini aytar ekan, xususan, shunday dedi: “Bu terror operatsiyasining Islomga aloqasi yoʻq. Agar kimdir toʻsatdan terrorchilar Islomni vakili deb daʻʻvo qilsa ham, aslida ular mintaqaviy va xalqaro razvedka xizmatlarining vakillari boʻlishi mumkin, lekin Islom emas”.

Mavzuga aloqador