Ekvadorda "Los Choneros" narkoterroristik guruh rahbari, Fito laqabli Adolʻfo Masiyas Guayakilʻ shahridagi qamoqxonadan qochganidan soʻng mamlakatda qurolli tartibsizliklar boshlanib ketdi - toʻda aʻʻzolari avtomobilʻ va avtobuslarga oʻt qoʻydi, Guayakilda portlashlar sodir boʻldi. Koʻplab xavfsizlik kuchlari xodimlari oʻgʻirlab ketildi. – Ekvadorda nimalar boʻlmoqda?

Ekvador prezidenti Danielʻ Noboa yirik jinoiy toʻdalar aʻʻzolari tomonidan tartibsizliklar uyushtirilgani ortidan 9 yanvarʻ kuni mamlakatda 60 kunlik favqulodda holat eʻʻlon qildi. U sodir boʻlgan hodisani “ichki qurolli mojaro” deb atadi va 22 ta jinoiy toʻda terroristik tashkilot deb eʻʻlon qilingan hujjatni imzoladi, poytaxt Kito va Gayakilʻ shahriga harbiylar hamda zirhli texnikalar kiritildi.

Shuningdek, davlat rahbari 22 jinoiy guruhni yoʻq qilishni buyurdi. Ekvador qurolli kuchlari jinoiy guruhlarni qonuniy harbiy nishonlar deb atadi, parlament esa xavfsizlik kuchlariga tartibsizliklarni bostirish chogʻida vakolat suiisteʻʻmoli holatlari uchun amnistiya vaʻʻda qildi.

Ekvador mafiyasi prezident tomonidan eʻʻlon qilingan favqulodda holatga javoban butun mamlakat boʻylab tartibsizliklar va toʻqnashuvlar uyushtirdi. Jumladan, narkokartel aʻʻzolari Guayakilʻ shahridagi TC Television telekanali jonli efiriga bostirib kirib, bir qancha jurnalist va politsiyachilarni garovga oldi. Shuningdek, avtomobillarga oʻt qoʻyildi, bir qator shifoxonalarga bosqinchilik uyushtirildi, portlashlar ham boʻldi. Hodisalarda eng kamida 13 kishi, jumladan, ikki politsiyachi halok boʻldi.

Hammasi nimadan boshlandi?

“Los Choneros” guruhi rahbari Adolʻfo Masias 2011 yilda giyohvand moddalar savdosi va qotillikda ayblanib 34 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan edi. U 12 ming mahbus saqlanadigan Guayakildagi “Mintaqaviy qamoqxona (La Regional)ga joylashtiriladi.

Oʻtgan yilning avgustida Fito boshqa – kamroq mahbus boʻlgan va ishonchliroq hisoblangan La Roca qamoqxonasiga oʻtkaziladi. Biroq uning advokatlari apellyatsiyaga berib, yutib chiqadi va mafioz La Regional qamoqxonasiga qaytariladi.

Fito 2013 yilda ham 17 nafar mahbus bilan birgalikda ushbu qamoqxonadan qochgan. Oradan toʻrt oy oʻtib Fito “Los Choneros” aʻʻzosi hisoblangan akasi bilan Manta shahridagi onasining uyida qoʻlga olinadi.

Oʻshandan buyon Fito qamoqxonani tark etgani yoʻq. Shu bilan birga, u qamoqxonadaligida, 2020 yilda guruhning avvalgi etakchisi Xorxe Luis Sambrano oʻlimidan keyin rahbarlikni qoʻlga oladi.

7 yanvarʻ kuni mamlakat Bosh prokuraturasi Adolʻfo Masias qamoqxonadan qochib ketganidan soʻng Ekvadorning 6 ta jazoni ijro etish muassasasida tartibsizliklar boshlangani haqida xabar berdi.

Fito qaerda?

Ekvador politsiyasining maʻʻlum qilishicha, Fitoning oʻz kamerasida yoʻqligi yakshanba kuni aniqlangan. Xodimlar uni qamoqxonaning qattiq himoyalangan qanoti boʻylab qidirishgan, biroq topa olishmagan.

Fito qochib ketganmi yoki katta qamoqxona majmuasi ichida yashiringanmi, hozircha aniq emas. Politsiya, shuningdek, Fito kameradan aniq qachon gʻoyib boʻlganini ham bilmaydi.

Politsiya boshligʻining soʻzlariga koʻra, yuzlab politsiyachilar Fitoni qidirgan va qidirmoqda.

“Los Choneros” va “Los Lobos” guruhlari haqida

Qamoxonalardagi tartibsizliklar vaqtida mamlakatdagi ikkinchi yirik jinoiy toʻda – “Los Lobos” rahbari, «Salʻvaxe» laqabli Fabrisio Kolon Piko ham 39 nafar mahbus bilan Riobamba shahridagi hibsxonadan qochib ketdi. Fabrisio Kolon Piko oʻtgan hafta juma kuni mamlakat prokurorini oʻldirishda tayyorgarlik koʻrishda ayblanib qamalgan edi.

“Los Choneros” va “Los Lobos” guruhlari mamlakatdagi eng yirik jinoiy toʻdalar boʻlib, birinchi guruh aʻʻzolari soni 12 dan 20 ming nafargachani tashkil etadi, ikkinchisida esa 8 ming jangari bor. Har ikki guruh ham odam oʻgʻirlash, tovlamachilik, buyurtma qotillik bilan shugʻullanadi, Meksikaning yirik jinoiy toʻdalari bilan hamkorlik qiladi.  

"Los-Lobos", shuningdek, 2023 yil avgustida prezidentlikka nomzod Fernando Vilʻyavisensio oʻlimi uchun javobgarlikni zimmasiga olgan edi.

2023 yilning may oyi maʻʻlumotlariga koʻra, Adolʻfo Masias front shaxslar va front kompaniyalari hisoblarida 23 million dollardan ortiq mablagʻga ega.

Banditimz toʻlqini

Ekvador uzoq vaqt davomida tinch va sokin mamlakatlardan biri boʻlib kelgan. Biroq soʻnggi yillarda ushbu mamlakatda ham qoʻshni Kolumbiya va Peru singari giyohvandlik moddalarini ishlab chiqish avj oldi.

2018 yildan 2022 yilgacha Ekvadorda qotilliklar soni 4 baravarga oshdi. 2022 yilda 17 mln aholiga ega mamlakatda 7800 kishi halok boʻlgan. Oʻsha yili politsiya rekord darajadagi 220 tonna giyohvand moddalarni musodara qildi.

Qamoqxonalardagi qonli toʻqnashuvlar alohida muammoga aylandi: 2021 yil fevralidan buyon 460 dan ortiq mahbus oʻldirilgan.

Financial Times nashrining qayd etishicha, mafiya Ekvadorda 2007-2017 yillarda hukmronlik qilgan soʻl prezident Rafael Korrea davrida rivojlana boshlagan. Uning davrida hukumat Tinch okeanidagi Ekvador portlari orqali giyohvand moddalar savdosiga koʻz yumib, asosan mamlakatda zoʻravonlik jinoyatlari kamroq boʻlishini taʻʻminlash haqida qaygʻurgan.

Ammo giyohvand moddalar savdosini banditizm kuzatib bordi va Korreadan keyingi prezidentlar ushbu muammoni hal qilishning uddasidan chiqa olmay qoldi.

Oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan 36 yoshli Danielʻ Noboa mamlakatni qamrab olgan jinoyatchiliklarga barham berishni vaʻʻda qilmoqda. Aynan uning rejalari jinoiy toʻdalarning mamlakatda kimning soʻzi ustun ekani borasidagi “bahs”ga kirishishiga sababchi boʻldi.

Mavzuga aloqador