HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan uchrashdi. Uchrashuvda Falastinning barcha kuchlarini birlashtirish, milliy yarashuv hukumatini tuzish, Isroil bilan qaysi shartlarga koʻra kelishishga rozi ekani va boshqalar haqida soʻzladi.

Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon bilan uchrashuvda Falastinning barcha kuchlarini birlashtirishga qaratilgan saʻʻy-harakatlar haqida gapirdi.

"Biz Gʻazoni boshqarish boʻyicha [boshqa siyosiy harakatlar bilan] kelishib olishimiz mumkin", dedi u. Istanbuldagi suhbatdan soʻng soʻzlagan Haniya, shuningdek, Gʻazo sektorida hokimiyatga oid baʻʻzi muqobil variantlar ilgari taklif qilingani, ammo uning soʻzlariga koʻra, muvaffaqiyat qozona olmaganini taʻʻkidladi.

“Gʻazo falastinliklar tomonidan boshqarilishi kerak, deb taʻʻkidlagan siyosatchi: “HAMAS Gʻazo boshqaruvida yagona soʻz sohibi boʻlishni talab qilmaydi, lekin biz Falastin xalqining bir qismimiz hamda sheriklik va hamkorlikka asoslangan milliy birlik hukumatini yaratishimiz, mintaqani boshqarish boʻyicha kelishib olishimiz mumkin”.

Ikki bosqichda

“Bu bizning ichki muammolarimiz. Bosqinchilarga yoki boshqa hech kimga, xoh Gʻazo sektorida, xoh Gʻarbiy Sohilda, xoh har ikkalasida ham, Falastindagi vaziyat bilan oʻynashiga yoʻl qoʻymaymiz”.

"Biz Falastinning ichki siyosatini ikki bosqichda tartibga solishga chaqiramiz, - deya davom etdi Haniya. - Birinchi bosqich - Falastin Ozodlik Tashkilotini (FOT) undagi barcha Falastin fraktsiyalari bilan birga isloh qilish. Ikkinchi bosqich - Gʻazoni qayta qurish hamda Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoridagi muassasalarni yagona tom ostida birlashtirish, shuningdek, prezident, qonun chiqaruvchi va kengashlar uchun saylovlar oʻtkazilishini taʻʻminlaydigan milliy hukumatni yaratish”.

Milliy yarashuv hukumati

Gʻazoning Falastinning ajralmas qismi ekanligini taʻʻkidlagan Haniya mintaqaning urushdan keyin Gʻarbiy Sohilni ham qamrab oladigan milliy yarashuv hukumati tomonidan boshqarilishini kutishini taʻʻkidladi.

Istanbulga tashrifi Turkiya va Falastin oʻrtasidagi munosabatlarning tarixan misli koʻrilmagan mustahkamlanib borayotgani fonida sodir boʻlganini taʻʻkidlagan Siyosiy byuro rahbari HAMAS va barcha qarshilik guruhlari “doimiy oʻt ochishni toʻxtatish, Isroil qoʻshinlarini olib chiqib ketish, koʻchirilganlarni uylariga qaytarish, [infratuzilmani] qayta qurish, Gʻazo sektori boʻylab blokadani olib tashlash hamda [mahbuslar va garovga olinganlarni] almashishga erishishini aytib oʻtdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, HAMAS delegatsiyasi prezident Erdoʻgʻonga kelishuvga erishish istagi oʻzgarishsiz qolayotganini etkazgan.

Isroil tinchlikni rad etadi

HAMASning muzokaralarda moslashuvchanlik koʻrsatgani, Isroil esa murosasiz pozitsiyani egallaganini taʻʻkidlagan Haniya Turkiya prezidenti bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Isroilda yaqinlashib kelayotgan Pesax bayrami munosabati bilan muqaddas Al Aqso masjidiga tahdidlar, Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi hodisalar baholanganini aytdi.

Uning taʻʻkidlashicha, HAMASning ustuvor yoʻnalishi har doim Falastin xalqiga qarshi har qanday hujumlarni toʻxtatish boʻlgan: "Shuning uchun biz muzokaralar olib borishga rozi boʻldik". “Ammo biz ularni doimiy otashkesimga, askarlarning toʻliq olib chiqib ketilishiga, koʻchirilganlarning qaytishiga va asirlarni almashish boʻyicha kelishuvga erishish sharti bilan qabul qildik”, deya qoʻshimcha qildi siyosatchi.

HAMAS kelishuvga tayyor

Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatishni Isroil qabul qilmaganini taʻʻkidlagan Haniya: “Uning yagona taklifi asirlarni qaytarish, keyin esa Gʻazo sektorida urushni davom ettirish, lekin bu mumkin emas. Isroil armiyasi Gʻazo sektoridan butunlay chiqib ketishi kerak”, - deya davom ettirdi.

“Isroil koʻchirilgan odamlarning Gʻazo shimoliga qaytishini ham istamaydi. Bundan tashqari, 7 oktyabrdan beri ular Gʻarbiy Sohil va Gʻazo sektoridan deyarli 14 ming falastinlikni hibsga oldi. Kelishuvga erishilishiga aynan Isroil toʻsqinlik qilmoqda va Qoʻshma Shtatlar bu borada uni qoʻllab-quvvatlamoqda va unga hech qanday bosim oʻtkazmayapti”.

"Isroil barcha talablarni qabul qilishi bilanoq, biz shartnomani imzolashga albatta tayyor boʻlamiz", - deya qoʻshimcha qildi Haniya.

Amerika tuzogʻi

HAMAS siyosiy byurosi rahbari Isroilning Rafahga hujum qilish rejasiga AQShning munosabati ikkiyuzlamachilik ekanini taʻʻkidladi.

“Ular tinch aholining jabrlanishini istamasliklarini aytishsa-da, bu aldamchi operatsiya. Gʻazoda halok boʻlgan barcha tinch aholi, minglab va oʻn minglab shahidlar Amerika qurollari, Amerika raketalari bilan oʻldirilgan. Bu AQSh siyosiy niqobi ostida amalga oshirilmoqda”, - dedi Haniya.

Uning qoʻshimcha qilishicha, falastinliklar vaziyatni yaxshi tushunadi va shuning uchun “amerikaliklar va isroilliklarning bu tuzogʻiga tushmadi”.

“Biz Rafahga bostirib kirishdan ogohlantiramiz, chunki bu katta qirgʻinlarga olib kelishi mumkin. Qarshilik jangchilari oʻzlarini himoya qilishga va oʻz xalqiga qilingan hujumlarga qarshilik koʻrsatishga tayyor”, - deya taʻʻkidladi siyosatchi.

Mavzuga aloqador