AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Baydenni Falastinparast namoyishchilar bosimi ostida “Isroilni oʻz holiga tashlab qoʻyganlikda” ayblab, “demokratlar Isroil uchun juda yomon”, dedi. Shuningdek, u Isroil qoʻllayotgan urush usullari uchun tanqid qilinmasligi kerak deb hisoblaydi.

AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Baydenni Falastinparast namoyishchilar bosimi ostida “Isroilni oʻz holiga tashlab qoʻyganlikda” ayblab, “demokratlar Isroil uchun juda yomon”, dedi.

AQShning sobiq prezidenti Isroilni harbiy operatsiyani “tezroq tugatish”ga chaqirib, sulh yoki oʻt ochishni toʻxtatishni emas, balki “zafarli yakunga qadar urushishni” nazarda tutib: “Oʻylaymanki, buni tugatishingiz hamda buni tezroq amalga oshirib, butun dunyoga avvalgi tinchlikni qaytarishingiz kerak. Bizga butun dunyoda tinchlik kerak”, - dedi.

Isroilni qoʻllayotgan urush usullari uchun tanqid qilmaslik kerak, deb hisoblaydigan Tramp demokratlarni Isroilga etarlicha yordam bermayotgani, prezident maʻʻmuriyatini esa oʻta Falastinparast pozitsiyasi uchun qoraladi.

“7 oktyabrʻ kuni ular juda koʻp odamlarni yoʻqotishdi. Balki u [Bayden] buni unutgandir. U "qaerdan koʻproq ovoz olsam boʻladi", deb qaraydi va Falastin tarafdorlarining yurishlarini koʻradi - ular koʻp – va: "Isroil oʻrniga shu yoʻldan yurganim maʻʻqul", deydi. Isroil qanday qilib haligacha bu odamlar bilan qolayotgani bilmayman”, — deya qoʻshimcha qildi Tramp.

Trampning intervʻyusi efirga uzatilishidan sal avvalroq Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu: “Prezident Trampning Isroilni qattiq qoʻllab-quvvatlaganini qadrlayman. U prezident boʻlganida Quddusni Isroilning poytaxti deb tan oldi, Amerika elchixonasini u erga koʻchirdi, Golan tepaliklaridagi suverenitetimizni tan oldi, Eron bilan tuzilgan halokatli yadroviy kelishuvdan chiqdi. Biz birgalikda ishladik va toʻrt arab davlati bilan tinchlik oʻrnatgan tarixiy Ibrohim kelishuviga vositachilik qildik”, - deya AQShning sobiq prezidentini maqtagandi.

Mavzuga aloqador