AQSh Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga oʻta zarur yordamlarni koʻrsatuvchi gumanitar dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 53 million dollar yordam beradi. Yangi paket mojaro vaqtida Gʻazoga etkazilgan Amerika yordamining umumiy miqdorini 180 million dollargacha oshiradi.

AQSh Gʻazo va Gʻarbiy Sohildagi falastinliklarga juda zarur yordam koʻrsatuvchi gumanitar dasturlarni qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha 53 million dollar yordam beradi, deya xabar qilmoqda The New York Times nashri.

Oq uy rasmiylarining bildirishicha, yangi paket mojaro paytida Gʻazoga etkazilgan Amerika yordamining umumiy miqdorini 180 million dollargacha oshiradi.

Qayd etilishicha, Gʻazo sektorida sodir boʻlayotgan voqealar aks-sadosi olislardagi AQShda boʻlib oʻtayotgan prezidentlik saylovlarga ham oʻz taʻʻsirini koʻrsatmoqda. Xususan, arab millatiga mansub amerikaliklar eng koʻp istiqomat qiluvchi Michigan shtatida koʻplab demokrat saylovchilar prezidentlik praymerizlarida prezident Baydenni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortib, Bayden maʻʻmuriyati Isroilni qoʻllab-quvvatlayotganidan noroziligini bildirdi.

Bayden Michigan shtatidagi praymerizda sezilarli farq bilan gʻalaba qozongan boʻlsa-da, noroziliklar uni Gʻazo boʻyicha oʻz pozitsiyasini oʻzgartirishi kerakligi, aks holda noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan umumiy saylovlar natijalariga salbiy taʻʻsir koʻrsatishi mumkinligidan darak bermoqda. 

Mavzuga aloqador