Yuz berayotgan voqealarni tahlil qilsak, koʻpchilik musulmonlar tomonidan sodir etilgan barcha terroristik hujumlarda Gʻarbning tashqi siyosati qolib, nuqul Islom dinini ayblayotganiga guvoh boʻlamiz. 

Boisi Gʻarbning tashqi siyosatini tahlil qilish va uning terrorizm bilan aloqadorligini oʻrganish, sodir etilgan hujumlarda Islomni ayblashga nisbatan qiyinroq.

Haqiqatan, biz bugun “Islom terrorizmi” deb ataydigan harakatlar 1948 yildan ilgari hozirgidek ovoza boʻlmagan edi. Sababi u paytlari Islom dunyosi nisbatan barqaror boʻlib, musulmonlar oʻz mamlakatlarida tinch-totuv yashar, Gʻarb bilan emin-erkin savdo qilardi. 

Gʻarb falastinliklarning huquqlarini ochiqchasiga toptab, Isroilni tashkil qilgach, sionistlar oʻzining fitna va qirgʻin qurolini ishga soldi.

Gʻarb kuchlari Isroilni arab qoʻshnilaridan doimiy ravishda himoya qilib keldi, bu esa oʻz navbatida oddiy odamlarda bosqinchilarga qarshi nafrat tuygʻusini paydo qildi.

AQSh boshchiligidagi Gʻarb davlatlari Isroilga qarshi kurashayotgan musulmonlarni oʻzining ham dushmani deb bildi. 

Isroil oʻz chegaralarini himoya qilish bahonasida Yaqin Sharqda urush olovini yoqish uchun qator rivojlangan davlatlarni, jumladan, AQShni lobbichilik faoliyati orqali oʻz yoʻrigʻiga soldi. 

Bu jarayonda AQSh siyosatida ulkan taʻʻsirga ega boʻlgan siyosiy lobbi va kuchli sionist yahudiylari muhim rolʻ oʻynadi. 

Oxir-oqibat sionistlar va ularning yaqin hamkorlari Yaqin Sharqni notinch mintaqaga aylantirishdi. Shundan soʻng, ishgʻolchilarning zulmiga duchor boʻlgan, yaqinlaridan ayrilgan hamda qalbida Gʻarb va Isroilga nisbatan qasos oʻti yongan musulmonlar guruhi paydo boʻldi.

Isroil radikal sionizm oʻchogʻi boʻlgani sabab falastinliklarning uy-joylarini tortib olib, oʻzlarini taʻʻqib qila boshladi. Turli qurolli hujumlar ortidan qochqinga aylanganlarning aksari AQSh va Evropaga koʻchib oʻtdi. 

Qochqinlardan baʻʻzilari oʻzlari uchun xavfsiz boshpana topganidan quvongan boʻlsa, maʻʻlum bir qismi boshiga tushgan koʻrguliklar va buning sababchilarini unuta olishmadi.  

Bir tomondan, ular endi tinchgina yashab yurgan yurtining vayron boʻlishiga hissa qoʻshgan mamlakatdan boshpana izlashga majbur boʻlgan edi.

Ayniqsa, sarson-sargardonlik va tazyiqlar davrida eng qadrli narsalari ham tortib olingan insonlarning radikallashuvi tabiiy holat. 

Ayonki, ularni dushmanlariga nisbatan tajovuzkor qilgan narsa Islom emas, balki mustamlakachilarning oʻzlari edi. 

Ammo demokratiya niqobi ostida Er yuzida nifoq urugʻini sochganlar bu haqiqatni tan olishni istamadi. Ular bir ovozdan musulmonlarni “terrorchi”, “radikal” deb atashga qaror qilishdi. 

Bugun hech bir xalqaro qonun-qoidalarga rioya etilmagan holda, musulmonlarga tegishli uy-joylar vayron qilinmoqda. Oʻz navbatida haqiqiy terrorchilarning qilmishlaridan gʻazabnok musulmonlar soni ham oshib boryapti. 

Dunyo tarixi va voqealar rivojidan gʻofil odam buni tushunolmaydi. Shu tufayli “Oh, bu odamlarni terroristga aylantirgan Islomdir”, deyish, Islom dushmanlari yaratgan muhit insonlarni shu kuyga solayotganini tan olishdan osonroq.

Qolaversa, bu AQSh va Isroil boshqaruvidagilarni ham jazodan soqit qiladi. Zero, asl vaziyatdan bexabar shaxslar barmoqlarini fitnachilarga emas, musulmonlarga qarata bigiz qilishadi.

Albatta, hech bir qoʻporuvchilikni  oqlab boʻlmaydi, biroq oʻzini ongli mavjudot deb hisoblaydigan insonlar mavjud vaziyatni yaxshi tushunmogʻi lozim.

“Bu Islomning aybi!” deb aytish oʻqib-oʻrganishni istamaydigan, dangasa yoki sodda kishiga xos bahonadir.Eng yomoni, ayrim musulmonlarning ham shunday fikr yuritishi haqiqiy jinoyatchilarga dunyoni vayron qilishda davom etish uchun “yashil chiroq” yoqish bilan barobar.

Bugun har qanday urush qonunlariga tupurgan holda murgʻak bolalar va ayollarni oʻldirayotgan Isroil va uning kuchli hamkorlari yuritayotgan tashqi siyosat ham jahon hamjamiyatini chalgʻitishga qaratilgan. Haqiqatni anglash uchun bizdan biroz fikrlash, bilim, zehn, aql-idrok talab qilinadi.


X ijtimoiy tarmogʻidagi “Tsenzuraga uchragan odamlar” sahifasidan


Mavzuga aloqador