Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Ashraf al-Qudra matbuot anjumanida Isroilning davom etayotgan hujumlari haqida maʻʻlumot berdi.

Kudra 7 oktyabrdan beri hayotdan koʻz yumganlar sonining 17 997 nafarga, hujumlarda yaralanganlar sonining esa 49 229 nafarga koʻtarilganini bildirdi.

Jumladan, Falastinning WAFA axborot agentligi Isroil harbiy samolyotlari Rafah shahrining Tel es-Sulton mahallasidagi uyni bombardimon qilganini bildirdi. Hujumda 6 nafar falastinlik, ularning aksariyati bolalar, olamdan oʻtdi, koʻp sonli odam tan jarohati oldi.

Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyga uyushtirilgan hujumda esa 3 nafar bola, jami 5 kishi halok boʻldi. Deyr el-Belahning El-Bassa mintaqasiga uyushtirilgan hujumda yaralanganlar bor.

Shu bilan birga, ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Quddusda 7 oktyabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy koʻchmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda halok boʻlgan falastinliklar soni 274 nafarga etdi.

Mavzuga aloqador