Husiylar Qizil dengizda yunon kemasiga hujum qildi (video)
Husiylar Qizil dengizda Yunonistonning MV Sounion neftʻ tashuvchi kemasiga hujum uyushtirdi. Hujum natijasida kemada kuchli portlash sodir boʻldi. Britaniya kema ekipaji qutqarilgani, biroq uning oʻzi jiddiy shikastlanib, dengizda qolib ketganini maʻʻlum qildi.
Yamanning
Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan «Ansorulloh» harakati (husiylar) Qizil
dengizda Yunonistonning MV Sounion neftʻ tashuvchi kemasiga uyushtirilgan hujumi tasvirlarini
eʻʻlon qildi.
Jumladan,
ijtimoiy tarmoqlarda Yunoniston kemasiga qilingan hujum va urilgandan keyin
uning alangalanishi aks etgan video tarqaldi.
Husiylar
ushbu hujum "Isroil portlariga kirish taqiqini buzganligi" munosabati
bilan amalga oshirilganini maʻʻlum qildi.
Oʻz
navbatida, Britaniyaning Sanadagi elchisi Abda Sharif hujumga uchragan kema ekipaji
qutqarilgani, katta zarar koʻrgan kema Qizil dengizda qolib ketganini maʻʻlum
qildi.
The
Telegraph nashrining yozishicha, AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning 2023 yil dekabrʻ
oyida Qizil dengiz janubidagi tijoriy kemalarga husiylarning hujumlariga
javoban boshlangan “Farovonlik qoʻriqchisi” operatsiyasi ish bermadi.
Qayd
etilishicha, operatsiyadan maqsad husiylarni keyingi hujumlardan qaytaradigan yagona
xalqaro jabhani taʻʻminlash edi. Bundan tashqari, xavf va sugʻurta xarajatlari
bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Umid burni atrofidagi uzoq yoʻlni bosib oʻtishni
boshlagan yuk tashish kompaniyalarini ishontirish uchun moʻljallangan edi.