Tojikiston bosh muftiysiga pichoqli hujum uyushtirildi
Tojikiston bosh muftiysi Saidmukarram Abduqodirzodaga poytaxt Dushanbedagi markaziy masjid yaqinida sodir etilgan pichoqli hujum uyushtirildi. Hujum qilgan shaxs ushlangan, engil tan jarohatini olgan bosh muftiy tibbiy koʻrikdan soʻng uyiga joʻnatilgan.
Tojikiston bosh muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda 11
sentyabrʻ kuni poytaxt Dushanbedagi markaziy masjid yaqinida sodir etilgan hujumda
yaralandi, deb xabar
berdi respublika Ichki ishlar vazirligi.
Vazirlik maʻʻlumotlariga koʻra, “bezori niyatli” shaxs
masjiddagi namozdan soʻng muftiyni
“teshuvchi buyum” bilan pichoqlagan. Muftiy engil tan jarohati olgan va tibbiy
koʻrikdan soʻng uyiga joʻnatilgan. Ichki ishlar vazirligi hujumchi qoʻlga olinganini
qoʻshimcha qildi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari
olib borilmoqda.
Jarohatlangan muftiy 61 yoshda boʻlib, 2010 yildan buyon Tojikiston Ulamolar kengashini
boshqarib kelmoqda. Muftiy
diniy taʻʻlimni Pokistonda olgan.
Ulamolar kengashi respublikadagi musulmonlarning oliy organi
hisoblanadi. Mamlakatda faqat
ushbu tashkilot fatvo
berish huquqiga ega.
Iyunʻ oyida Tojikiston parlamenti islomiy liboslar va Ramazon
hayitini nishonlashni tartibga soluvchi yangi qonun loyihasini qabul qilganidan
keyin hijob va boshqa “xorijiy kiyim” kiyishni rasman taqiqlagan edi. Mart oyida
mamlakat prezidenti Emomali
Rahmon hijobni “xorijiy kiyim” deb atagan edi. Uning hukumati
muqobil sifatida anʻʻanaviy tojik milliy kiyimlarini targʻib qilishga harakat
qilmoqda.
Yangi qonunga koʻra, hijob yoki boshqa taqiqlangan diniy kiyim
kiygan shaxslar 7920 somoniy (taxminan 700 dollar) miqdorida jarimaga tortilishi
mumkin. Hukumat amaldorlari va diniy arboblar qonunbuzarlik aniqlansa, 54 000
dan 57 600 somoniygacha (4 800 dan 5 100 dollargacha) yanada yuqoriroq jarimaga
tortiladi.
Iyulʻ oyida mamlakat hukumati bundan ham uzoqroqqa bordi va
aholiga qora kiyim kiymaslikni tavsiya qildi. Mamlakat rasmiylari ham norasmiy
ravishda erkaklarni qalin soqol qoʻyishdan qaytarib kelmoqda. Huquq faollari Tojikiston
rasmiylarining hijob oʻrash qarorini eʻʻtiqod erkinligining buzilishi sifatida
tanqid qildi.