7 oktyabrdan beri Gʻazo sektori va bosib olingan Gʻarbiy Sohilda isroillik harbiylar qoʻlidan 3714 nafar oʻquvchi halok boʻldi, 5429 nafari jarohatlangan. Bu haqda WAFA axborot agentligi Falastin milliy taʻʻlim vazirligiga tayanib xabar berdi.

Bundan tashqari, bosib olingan Gʻarbiy Sohilda 35 nafar oʻquvchi Isroil kuchlari tomonidan oʻldirilgan. Yana 271 oʻquvchi yaralangan, 82 nafari hibsga olingan.

Shuningdek, 209 nafar oʻqituvchi va taʻʻlim muassasalari xodimlari Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlari qurboniga aylandi, yana 619 nafari yaralandi. Gʻarbiy Sohilda ikki oʻqituvchi yaralangan, 65 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Bundan tashqari, Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlari natijasida 278 ta davlat maktabi va 65 ta BMT maktabi vayron boʻlgan. Ulardan 83 ta maktab jiddiy shikastlangan, yana 7 tasi buzilgan.

Isroilning bosib olingan Gʻarbiy Sohilga uyushtirgan reydlari chogʻida esa 38 ta maktab vayron qilingan.

Qayd etilishicha, Isroil hujumlari natijasida davlat taʻʻlim muassasalarining 90 foizi bevosita zarar koʻrgan. Taʻʻlim muassasalarining yana 29 foizi vayron boʻlgani yoki jiddiy zarar koʻrganligi sababli yaroqsiz holga kelgan.

Bundan tashqari, Gʻazo sektoridagi 133 ta davlat maktabidan koʻchirilgan falastinliklar uchun turar joy sifatida foydalanilmoqda.

Mavzuga aloqador