AQSh Senati aʻʻzosi, Vermont shtatidan mustaqil nomzod Berni Sanders Isroil falastinlik tinch aholiga qarshi hujumlari tufayli dunyo jamoatchiligi nigohida “urushda yutqazayotganini” maʻʻlum qildi.

“Hozirgacha ular (Isroil qoʻshinlari) Gʻazo sektoridagi uylarning yarmidan koʻpini vayron qilishdi. Oldindan aytish qiyin, lekin, umuman olganda, jangda gʻalaba qozonishi mumkin, ammo urushda magʻlub boʻlishiga ishonaman. Jahon hamjamiyati vaziyatni qanday baholashi nuqtai nazaridan Isroil urushda yutqazmoqda”, — deya aniqlik kiritdi senator.

Qonunchining taʻʻkidlashicha, Isroil HAMASdan "oʻzini himoya qilish huquqiga ega", ammo u "hozirgidek tinch aholiga dahshatli ziyon etkazib, Falastin xalqiga qarshi urush olib borishda davom eta olmaydi".

Sanders AQSh rahbarlarini bosh vazir Binʻyamin Netanyaxuni bu halokatli harbiy yondashuvni toʻxtatishga undash uchun qoʻlidagi barcha bosim vositalarini qoʻllashga chaqirdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Gʻazodagi janglarni davom ettirishi uchun Nitanʻyaxuga yana 10 milliard dollar ajratsa, masʻʻuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan boʻlardi.

Sanders, shuningdek, AQSh qachondir Isroil va Falastin oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlashiga umid bildirdi. Senatorning taʻʻkidlashicha, bu garovga olinganlarni ozod qilish va eksklavga "katta miqdorda insonparvarlik yordami" etkazilishini tashkil etish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, 8 dekabrʻ kuni Vashington BMT Xavfsizlik Kengashining Yaqin Sharqdagi mojaro zonasida sulh tuzishga chaqiruvchi navbatdagi rezolyutsiyasiga veto qoʻydi. Xavfsizlik Kengashining 15 aʻʻzosidan 13 nafari loyiha uchun ovoz berdi, Buyuk Britaniya esa ovoz berishda betaraf qoldi. Bu 7 oktyabrdan beri AQSh tomonidan bloklangan ikkinchi rezolyutsiyadir. Oq uy Isroil Gʻazoda urushni davom ettirish huquqiga ega ekanligini taʻʻkidlab keladi.

Mavzuga aloqador