Saudiya Arabistoni ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. “Qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Turki Al-Maliki.

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi vakili ijtimoiy tarmoqlar va OAVda qirollik Isroil Yamanning Hudayda shahriga bergan aviazarbalariga aloqador ekani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

“Qirollikning Hudaydaga qilingan hujumga aloqasi yoki bogʻliqligi yoʻq va qirollik hech kimning oʻz havo hududini buzishiga yoʻl qoʻymaydi”, - dedi Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi matbuot kotibi, brigada generali Turki Al-Maliki.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, Isroil segmentida Saudiya Arabistoni Isroilning Yamanga zarbasi uchun havo hududini taqdim etgani haqidagi maʻʻlumotlar tarqalgan edi.

Jumladan, Yedioth Ahronoth nashri mazkur hujum Saudiya Arabistoni bilan muvofiqlashtirilgan holda oʻtkazilganini maʻʻlum qildi. Israel Hayom gazetasi esa Saudiya Arabistoni Isroilning Hudayda portiga hujumidan mamnunlik bildirgani haqida yozdi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi yakshanba kuni Yamandagi harbiy vaziyat keskinlashib borayotganidan chuqur xavotir bildirdi va barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlikka chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, 20 iyulʻ kuni Isroil Yamandagi husiylarning avvalroq Tel-Avivga uchuvchisiz uchoq bilan muvaffaqiyatli hujumiga javob sifatida Yaman gʻarbidagi Hudayda portini bombaladi. AQSh va Britaniya qurolli kuchlari dastagi bilan 12 ta harbiy samolyot orqali berilgan zarbalar natijasida neftʻ zaxiralari, elektr tarmoqlari va boshqa infratuzilmalarga zarar etdi, koʻplab odamlarning halok boʻlgani va jarohatlangani maʻʻlum qilindi.

Mavzuga aloqador