NATO Kengashi kelasi yil uchun alʻyansning fuqarolik va harbiy byudjetlarini 18,2 va 12 foizga oshirishni maʻʻlum qildi. Oʻsishdan soʻng blokning harbiy byudjeti 2,03 milliard evroni, fuqarolik byudjeti esa 438,1 million evroni tashkil etadi, deya xabar beradi alʻyans matbuot xizmati.

Alʻyans bosh kotibi oʻrinbosari Mircha Joanening aytishicha, moliyalashtirishning koʻpayishi NATOga xavfsizlik muammolarini yanada samaraliroq hal qilish imkonini beradi.

“Birgalikda moliyalashtirish ittifoqchilarning birdamligi va jamoaviy irodasini namoyish etadi. Bizga notinch paytlarda bu har qachongidan ham kerak”, dedi rasmiy.

NATO matbuot bayonotida, shuningdek, harbiy byudjet alʻyans qoʻmondonlik tuzilmasining operativ xarajatlari hamda xalqaro operatsiyalarga yoʻnaltirilishi aytilgan. Alʻyansning fuqarolik byudjetidan tushadigan mablagʻlar operativ xarajatlar, jumladan, alʻyansning Bryusseldagi shtab-kvartirasini saqlash uchun sarflanadi.

Bir yil oldin ham alʻyans harbiy va fuqarolik byudjetlarini oshirgandi: harbiy maqsadlarga  1,96 milliard evro yoki 27,8 foiz koʻp mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlsa, fuqarolik byudjeti 370,8 million evro yoki 2022 yilga nisbatan 25 foizga koʻp etib belgilangandi.

Mavzuga aloqador